TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an jahon hamjamiyatini tinchlik, adolat va hamkorlikka chaqirdi
Prezident Erdo‘g‘an Xitoy nashri uchun qalamga olgan maqolasida jahon hamjamiyatini tinchlik, adolat va hamkorlikka chaqirdi.
Erdo‘g‘an jahon hamjamiyatini tinchlik, adolat va hamkorlikka chaqirdi
14 соат олдин

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Xitoyning yetakchi gazetasi «People’s Daily»da chop etilgan maqolasida jahon hamjamiyatini tinchlik, adolat va hamkorlikka chaqirdi.

«Tinchlik va adolat uchun mushtarak yo‘l» degan sarlavhali maqolasida Turkiyaning sivilizatsiyalar o‘rtasida ko‘prik o‘rnatish, muloqotni davom ettirish, inqirozlarni diplomatiya va muloqot yo‘li orqali hal qilishga sodiqligiga ta’kidladi.

Qora dengiz g‘alla tashabbusiga to‘xtalib o‘tgan Prezident, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush davrida Turkiyaning global oziq - ovqat xavfsizligini himoya qilishdagi rolini ta’kidladi.

Turkiya Rossiya va Ukraina hay’atlari o‘rtasidagi tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilish orqali insoniy yo‘lak yoki koridor ochilishi va mahbuslar almashinuviga imkon berdi.

Erdo‘g‘an Xitoy gazetasida: «Urushda g‘olib, adolatli tinchlikda esa mag‘lub bo‘lmaydi» degan tamoyil asosida tinchlik diplomatiyasini sabr bilan davom ettirish kerakligiga e’tibor qaratdi.

To‘liq mustaqil Falastin davlati

Prezident Erdo‘g‘an, hozirgi xalqaro tizimni tinch aholini himoya qila olmagani uchun tanqid qilar ekan Isroilning G‘azodagi qatliom «jiddiy inson huquqlari paymoli» ekanini ta’kidladi.

Erdo‘g‘an: «G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealar, Isroil tomonidan amalga oshirilgan ishg‘ol va qatliom bu haqiqatning eng yorqin misollaridan biridir. Turkiyaning G‘azoga nisbatan tutgan pozitsiyasi aniq. Chunki siyosatimizning o‘zagida insoniyat va inson huquqlari bor», - dedi.

1967 - yil chegaralari ichidagi to‘liq mustaqil Falastin davlatini qo‘llab – quvvatlashini takrorlagan Erdo‘g‘an, vaziyat mintaqa barqarorligi uchun voz kechilmas ekanini ifoda etgan holda: «Falastin davlatining barpo etilishi butun mintaqaning doimiy tinchligi uchun hayotiy ahamiyatga egadir», -  dedi.

Erdo‘g‘an mintaqa tinchligi ayni vaqtda iqtisodiy hamkorlik, infratuzilma loyihalari, energiya sherikliklari va ishonch hosil qiladigan madaniy almashinuvlarga bog‘liq ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Turkiya insonparvarlik yordami, rivojlanish tashabbuslari va inklyuziv yechimlarga qaratilgan ko‘p tomonli diplomatiya orqali global barqarorlikni targ‘ib qilishda davom etishini ifoda etdi.

Si Szinpin bilan bolgan uchrashuv

Prezident Erdo‘g‘an ikki kun davom etadigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida Muloqot sherigi sifatida ishtirok etmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi Prezidenti Si Szinpin bilan tashrif davomida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va Anqara - Pekin hamkorligini muhokama qiladi.

«Xitoy Xalq Respublikasi yetakchi aktyor hisoblangan xalqaro hamjamiyatni umumiy vijdon va manfaatlar atrofida birlashtirish yanada adolatli va farovon dunyoga yoʻl ochishiga ishonchimiz komil», - dedi u.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us