Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Xitoyning Tyanszin port shahrida uyushtirilgan sammit davomida Xitoy Xalq Respublikasi Prezidenti Si Szinpin bilan uchrashdi. Unda, ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilindi.
Bugun bo‘lib o‘tgan uchrashuv Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 25 - sammiti doirasida tashkil etildi. Uchrashuvda har ikki tomon ham savdo, investitsiya va mintaqaviy barqarorlik masalalariga e’tibor qaratdi.
Prezident Erdo‘g‘an iqtisodiy aloqalarni barqaror va muvozanatli investitsiyalar orqali mustahkamlash zarurligini ta’kidlar ekan savdo orqali uzoq muddatli barqarorlikka erishib bo‘lmasligini o‘z so‘ziga ilova qildi.
Unda shuningdek: «Ikki tomonlama savdo muvozanat va barqarorlikni ta’minlash uchun investitsiyalar bilan qo‘llab - quvvatlanishi kerak; raqamli texnologiyalar, energetika, sog‘liqni saqlash va turizm sohalarida ulkan imkoniyatlar mavjud. Shunday ekan Xitoy kompaniyalarining Turkiyaga investitsiya kiritish borasidagi koordinatsiyalarni oshirish foydali bo‘ladi», - degan ifodalarga o‘rin berildi.
Mexanizmlarni faol saqlash
Prezident Erdo‘g‘an mintaqaviy bog‘liqlikni kuchaytirish maqsadida Turkiyaning O‘rta koridor yoki yo‘lak tashabbusi va Xitoyning «Bir makon, bir yo‘l» loyihasi o‘rtasida yana - da kuchli uyg‘unlikni ta’minlanishi zarurligini ta’kidladi.
Har ikki tomon ham maslahatlashuv mexanizmlarini faol saqlash, muntazam muloqot va institutsional hamkorlikni davom ettirish orqali o‘z sherikliklarini mustahkamlashga kelishib oldilar.
Anqara bilan Pekin o‘rtasidagi strategik aloqalarni ta’kidlagan Erdo‘g‘an «Yagona Xitoy» siyosatini qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.
Liderlar shuningdek, xalqaro inqirozlar, shu jumladan Rossiya - Ukraina urushi, G‘azodagi insoniy vaziyat va Suriya bo‘yicha mumkin bo‘lgan qo‘shma qadamlarni ko‘rib chiqdilar.