Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Turk Qurolli kuchlari 9 yil oldin yuz bergan to‘ntarish tashabbusi bostirilgan paytga qaraganda yana – da kuchli va muvaffaqiyatli ekanini qayd etdi.
Poytaxt Anqarada kecha, shanba kuni boʻlib oʻtgan Milliy Mudofaa universiteti Harbiy kolleji bitiruv kechasi va bayroq topshirish marosimida soʻzga chiqqan Erdo‘gʻan, Turk Qurolli kuchlarining muvaffaqiyatiga e’tibor qaratdi.
Erdo‘g‘an turk armiyasini kadrlar, ta’lim va mashqlar, jihozlar va texnologik imkoniyatlar jihatidan qo‘llab - quvvatlashda davom etishlarini ifoda etdi.
«Bu hafta (Turk harbiy elektronika ishlab chiqaruvchisi) ASELSANga juda muhim mahsulotlar yetkazib berdik. Armiyamizga 47 ta mashinadan iborat po‘lat gumbazli tizimlar taqdim etdik. TEKNOFEST Mavi vatan (harbiy texnologiya festivali)da dengizlardagi kuchimizga guvoh bo‘ldik», - dedi.
Kuchli aloqalar
Erdo‘g‘an o‘tgan 2024 - yilning dekabr oyida Asad rejimi ag‘darilishi ortidan Suriya bilan bo‘lgan harbiy hamkorlikni nazarda tutgan holda, Turkiya qo‘shni Suriya bilan harbiy ta’lim ham doxil bir necha sohada keng hamkorlik qilishini ta’kidladi.
«Mehmon harbiy xizmatchilarning yurtimiz va xalqimiz bilan o‘rnatgan mustahkam aloqalari, umumiy kelajagimizda muhim o‘rin tutadi degan fikrdaman. Biz ular bilan doimo aloqada bo‘lamiz», - degan Prezident, kelajakdagi qo‘shma loyihalar yo‘lga qo‘yilishidan umidvor ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Eslatib o‘tamiz:
Bundan 9 yil muqaddam 2016 - yili yuz bergan to‘ntarish tashabbusida 253 kishi hayotdan ko‘z yumar ekan, 2734 kishi tan jarohati olgandi. Bu to‘ntarish tashabbusi FETÖ (Fethullahchi terror tashkiloti) deb nomlangan terror tashkiloti tomonidan uyushtirilgandi.