SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Kiyev Prezident Erdo‘g‘anning tashrifi uchun ayrim tashabbuslar ustida ishlamoqda
Nariman Jelalov, Ukrainaning, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning urush bo‘layotgan mamlakatga tashrif buyurishi uchun ayrim tashabbuslar ustida ish olib borayotganini bildirdi.
Kiyev Prezident Erdo‘g‘anning tashrifi uchun ayrim tashabbuslar ustida ishlamoqda
6 август 2025

Ukrainaning Anqaradagi elchisi, Kiyevning, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning urush boʻlayotgan mamlakatga tashrif buyurishi uchun ayrim tashabbuslar ustida ish olib borayotganini bildirdi.

Ukrainaning Anqaradagi elchisi Nariman Jelalov dushanba kuni RBK - Ukraina axborot agentligiga bergan intervyusida, Kiyevning, bunday tashrifni tashkil etish ustida faol ish olib borayotganini qayd etdi. Bu tashrif Prezident Erdo‘g‘anning 2022 - yilning fevral oyida Rossiya - Ukraina urushi boshlanganidan beri uyushtirgan ilk tashrifi bo‘ladi.

Prezident Ukrainaga oxirgi marotaba 2022 - yilning avgust oyida mamlakat sharqidagi Lvov shahriga uyushtirgan amaliy tashrifi chogʻida borgandi.  

Jelalov, ishonch yorliqlarini topshirayotganda Erdoʻgʻan bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvini nazarda tutgan holda «Taklifni (Ukraina) Prezident (Vladimir) Zelenskiy shaxsan oʻzi yetkazdi va ayni taklifni men oʻtgan oyning boshida Turkiya Respublikasi Prezidenti bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvim chogʻida takrorladim», - dedi.

Iqtisodiy munosabatlar

Tashrifning amalga oshishi uchun muhim sa’y - harakatlar zarurligi va uning amalga oshishiga monelik qilgan bir necha masala borligini ifoda etgan Jelalov, ikki davlat oʻrtasidagi erkin savdo bitimining ratifikatsiyalanishi tashrifning asosiy mavzusi boʻlishi mumkinligini qayd etdi.

«Ushbu kelishuv ishbilarmon hamjamiyatimizning muhim qismi uchun katta ahamiyatga ega ammo raqobat kuchaygani uchun ba’zilarini xavotirga solishi mumkin. Biroq, bu siyosiy bir qarordir. Prezident Zelenskiy, Erdoʻgʻanning tashrifi chogʻida kelishuvni ratifikatsiya qilishni taklif qildi. Bu, kuchli va ramziy harakat boʻladi», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Turk rasmiylari Jelalovning bayonotlari haqida hali hanuz hech qanday bayonot bermadi.

Anqara o‘tgan yilning avgust oyida, 2022 - yilning 3 - fevralida Kiyev bilan imzolagan erkin savdo shartnomasini ratifikatsiya qilgandi.

Turkiya Rossiya bilan Ukraina oʻrtasida oʻrtamchilik qilish vazifasini oʻz zimmasiga olish orqali mojaroning dastlabki oylarida tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilgandi. Shu doirada 16 - may, 2 - iyun va 23 - iyul kunlari Istanbulda tomonlar oʻrtasida yangilagan muzokaralarga ham eshik ochdi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us