SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Tramp Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarining tinchlik muzokarasini Oq uyda oʻtkazib beradi
AQSh rasmiylaridan biri juma kuni boʻlib oʻtadigan muzokarada tinchlikka oid reja eʼlon qilinishi mumkinligini qayd etdi.
Tramp Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarining tinchlik muzokarasini Oq uyda oʻtkazib beradi
6 август 2025

AQSh rasmiylaridan birining Reuters axborot agentligiga bergan ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Prezidenti Donald Tramp juma kuni Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarining tinchlik muzokarasini Oq uyda oʻtkazib beradi.  

Qayd etilishicha, mazkur muzokarada tinchlikka oid reja eʼlon qilinishi mumkin.

Mavzu haqida eng avvalo Washington Post ma’lumot bolishdi.

Eslatib oʻtamiz:

Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasidagi munosabatlar, 1991 - yili, arman armiyasining xalqaro sohada Ozarbayjonning hududi sifatida tan olingan Qorabog‘ va Kalbajar kabi yettita hududini bosib olishi ortidan tarang tus oldi.

Mintaqaning yirik qismi 2020 - yilning kuz mavsumida 44 kunlik urush davomida Ozarbayjon tomonidan ozod etildi.

Ozarbayjon shuningdek, 2023 - yilning sentabr oyida hududdagi separatistik kuchlarning taslim bo‘lishi ortidan Qorabog‘ni ham to‘liq qutqarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikki davlat liderlari, oxirgi marotaba joriy yilning iyul oyida Abu - Dabida muzokaralar o‘tkazgandi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us