Turkiya Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Burhanettin Duran Turkiya Prezidenti ma'muriyatining aloqa bo‘limi rahbari etib tayinlandi.
Bu haqda 10 iyul, payshanba kuni erta tongda Rasmiy Gazetada e’lon qilingan prezident farmonida ma’lum qilindi.
U 2018-yil 25-iyuldan buyon ushbu lavozimda faoliyat yuritgan va hozirda Turkiya Inson Huquqlari va Tenglik Tashkiloti (TİHEK) rahbari etib tayinlangan Fahrettin Altunning o‘rnini egalladi.
Burhanettin Duran Bog‘azichi Universitetida Siyosatshunoslik va Xalqaro Munosabatlar bo‘yicha bakalavr darajasini, Bilkent Universitetida Siyosatshunoslik bo‘yicha doktorlik darajasini olgan.
U ilgari SETA Fondining bosh koordinatori sifatida faoliyat yuritgan va 2018-yilda Prezidentning Xavfsizlik va Tashqi Siyosat Kengashiga tayinlangan edi. 2024-yil may oyida esa Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘ldi.
Altun o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi xabarida lavozimdan ketishi va yangi tayinlovini tasdiqlab, Prezident Rejep Tayyip Erdo’g‘anga yetti yillik faoliyati davomida ko‘rsatgan ishonchi va qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorchilik bildirdi.
“Menga bu lavozimni ishonib topshirgan prezidentimizga, oilamga, “Turkiya Aloqa Modeli” ustida tinimsiz ishlagan hamkasblarimga va haqiqat uchun kurashda qat’iyat ko‘rsatgan barcha ommaviy axborot vositalari vakillariga chin dildan minnatdorchilik bildiraman,” deb yozdi u.
Shuningdek, u Duranni “qadrli hamkasbim” deb atab, unga yaxshi tilaklarini bildirdi va ko‘p yillar davomida birga yaqindan ishlaganini ta’kidladi.