TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya bugun G‘alaba bayramining 103 - yilligini nishonlamoqda
Turk millati bugun, Mustafa Kemal Ataturk yetakchiligida 1922 - yili qo‘lga kiritilgan va Anado‘lu mustaqilligi va o‘rnini bir umrga mustahkamlab bergan g‘alabasini nishonlamoqda.
Turkiya bugun G‘alaba bayramining 103 - yilligini nishonlamoqda
30 август 2025

Turkiya, 1922 - yili grek armiyasiga qarshi olib borilgan Dumlupinar maydon muhorabasida qo‘lga kiritilgan g‘alabaning 103 - yilligini nishonlamoqda. Bu g‘alaba, tarix sahifalarida, Ozodlik kurashining hal qiluvchi yutug‘i sifatida qayd etilmoqda.

Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafa Kemal Ataturk yetakchiligida 1922 - yilning 26 - avgustida boshlangan buyuk harbiy harakat, ayni yilning 18 - sentabrida tamomlanib, Turkiya mustaqilligini ta’minladi.

Tarixchilarning qayd etishicha Ataturk yetakchiligida qo‘lga kiritilgan ushbu g‘alaba Turkiyaning o‘z taqdirini o‘zi belgilab olishdagi qat’iyati va Anado‘ludagi doimiy o‘rnini aniqlab bergan.

Shunday ekan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an ham yurtdoshlarini G‘alaba bayrami bilan tabriklab, bu nafaqat harbiy g‘alaba, balki turk xalqining qayta tiklanishi, o‘z o‘rnini topish kurashi va abadiy mustaqilligini belgilab beruvchi kun ekanini qayd etdi.

Erdo‘g‘an bu borada: «Bugungi vazifamiz 30 - avgustda yoqilgan mustaqillik mash’alasini birlik va birdamlik ichida yana - da kuchliroq kelajakka yetkazib berishdir», - dedi.

Turk Tarix jamiyati rahbari Yuksel O‘zgen bu g‘alabani 1071 - yildagi Malazgirt g‘alabasiga o‘xshatgan holda mazkur g‘alabani turk xalqining Anado‘lu tuproqlarida ildiz otishini e’lon qiluvchi voqea sifatida ta’rifladi.

O‘zgen: «Malazgirt urushi bizga bu hudud darvozalarini ochib, yangi ufq va yangi sivilizatsiya qurish imkonini bergan bo‘lsa, harbiy harakat va 30 - avgust g‘alabalari turklarning Anado‘lida butunlay qolishi va bu irodaning bir umr davom etishini butun dunyoga e’lon qildi», - dedi.

O‘zgen, «[…] Buyuk harbiy harakat imperialist kuchlar tomonidan turklarga kiydirilmoqchi bo‘lgan kiyimni yirtib yubordi. Turklarni avvlom bor Yevropadan, keyin esa Anado‘ludan Markaziy Osiyoga yubormoqchi bo‘lgan zehnga zarba berdi», - dedi.

Ishg‘olning tugashi

O‘smoniy davlati Birinchi Jahon urushida mag‘lubiyatga uchradi. Oqibatida mamlakat tuproqlari chet ellik kuchlar tomonidan bosib olinmoqchi bo‘ldi. Kamiga Gretsiya armiyasi ham Anado‘luni bosib olishga urindi.

Ortidan turk askarlari Ataturk yetakchiligida bir necha yil davom etgan Ozodlik kurashini boshlatdi.

Mazkur kurash 1922 – yilning 30 – avgusti kuni Dumlupinar maydon muhorabasidagi g‘alaba bilan yakun topdi va bu natija mustaqil Turkiya Respublikasining tashkil topishiga imkon yaratdi.

Bugunning hurmati asosida Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, oliy martabali vazirlar va generallar bilan birgalikda poytaxt Anqarada joylashgan Ataturk yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Mustafa Kemal Ataturk qabriga gulchambar qo‘ydi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us