DUNYO
2 daqiqa o'qish
Isroilning Gʻazoga qarshi uyushtirgan hujumlarida Al - Jazeeraning 4 nafar jurnalisti oʻldirildi
Isroilning Gʻazoga qarshi uyushtirgan hujumlarida Al Jazeeraning arabcha muxbirlaridan Anas ash - Sharif bilan Muhammad Kurayka, operatorlardan Ibrohim Zahar bilan Muhammad Nufal birgalikda oʻldirildi.
Isroilning Gʻazoga qarshi uyushtirgan hujumlarida Al - Jazeeraning 4 nafar jurnalisti oʻldirildi
11 август 2025

Isroil Gʻazo shahridagi al - Shifo shifoxonasi yaqinida jurnalistlar tomonidan foydalanilgan chodirlardan birini nishonga olgan hujumda Al Jazeeraning 2 nafar muxbirini oʻldirdi.

Markazi Qatarda joylashgan kanallardan biri Gʻazodagi Shifo shifoxonasi rahbari bergan bayonotga tayangan holda: «Al Jazeera muxbirlaridan Anas al -Sharif bilan Muhammad Kurayka, Isroilning chodirlarni nishonga olgan hujumlarida shahid boʻldi», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Al Jazeeraning yakshanba kuni bergan bayonotida, hujumlar oqibatida operatorlardan Ibrohim Zahar bilan Muhammad Nufalning ham oʻldirilgani tasdiqlandi.

Mavzu haqida: «Isroilning Gʻazoga qarshi uyushtirgan hujumlarida Al Jazeeraning arabcha muxbirlaridan Anas ash - Sharif bilan Muhammad Kurayka, operatorlardan Ibrohim Zahar bilan Muhammad Nufal birgalikda oʻldirildi», - deyildi.

Isroil jurnalistni oʻldirganini tasdiqlar ekan, hech qanday dalilsiz Anas ash - Sharifning bir Hamas hujrasining lideri ekanini iddao etdi.

Gʻazodagi Isroil hujumlarini boshidan beri kuzatgan ash - Sharif, oʻldirilishidan sal oldin umriga zomin boʻlgan hujum haqida ijtimoiy tarmoq orqali ma’lumot boʻlishgandi.

Ijtimoiy tarmoqlardan «X» orqali ash - Sharif: «Toʻxtamay bombardimon qilinmoqda… Gʻazoda 2 soatdan beri Isroil hujumlari avj oldi», - deya qayd etgandi.

Boshqa jurnalistlar esa ash - Sharifning oʻlimi e’lon qilinishidan koʻp oʻtmay Al Jazeerada buni tasdiqlagandi.

Ash - Sharifning oxirgi soʻzlari

«X» tarmogʻini boshqarganlar, oʻlimidan keyin ash - Sharifning vasiyatini boʻlishdi. Unda, Alloxdan shaxsini shahidlar qatorida qabul qilishini va oʻtmishdagi gunohlarini kechirishini soʻragan.

Ash - Sharif unda shuningdek: «Umid qilamanki Alloh uzoq umr beradi va oilam bilan, yaqinlarim bilan birgalikda ishgʻol ostidagi va Majdol degan nom bilan tanilgan Askalonga qaytaman. Ammo Allohning irodagi gʻolib boʻldi va hukmi bajarildi», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

«Har qanday azob - uqubatni boshdan kechirdim, yoʻqotish, gʻaygʻu va alamni takror - takror totdim. Ammo haqiqatni qanday boʻlsa shunday yetkazishdan biron marta ham qoʻrqmadim. Allohim jimjirt tomosha qilganlarga, oʻldirilishimizni qabul qilganlarga va bolalarimizning, ayollarimizning jonsiz tanalari ular oldida ham nafasimizni qurshab olganlarga shahidlik qilishlarini tilayman», - dedi.

Vasiyatida Falastin va xalqini arab va musulmon dunyosiga omonat qilar ekan, jimjirt qolmasliklarini, falastinliklarni ozodlikka olib chiqish koʻprigi boʻlishlarini talab qildi.

Unda shuningdek, oilasi, onasi, ayoli, oʻgʻli va qizini dunyoga omonat qilib qoldirdi.

Ash - Sharif: «Gʻazoni unutmang… Va meni kechirish va qabul uchun qilgan samimiy duolaringizda yoddan chiqarmang», - dedi.

Ash - Sharifni nishonga olgan hujum, 6 kishi umriga zomin boʻldi va ulardan 5 nafari jurnalist edi.

Isroilning 2023 - yilning oxiridan beri Gʻazoda uyushtirgan genotsidida jon bergan jurnalistlar soni, nomi tilga olingan jurnalistlar bilan birga 237 nafarga yetdi.

 

 

 

 

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us