DUNYO
2 daqiqa o'qish
Isroil Gʻazoning Zaytun mahallasida 3 kun ichida 300 dan ortiq uyni yer bilan yakson qildi
Harbiy boʻlmagan mudofaa guruhi Isroil Gʻazoning Zaytun mahallasida koʻp qavatli binolarni nishonga olgani va vayron qilingan binolar ostida qurbonlar borligini qayd etdi.
Isroil Gʻazoning Zaytun mahallasida 3 kun ichida 300 dan ortiq uyni yer bilan yakson qildi
7 соат олдин

Isroil armiyasi oxirgi 3 kun ichida Gʻazoning Zaytun mahallasi atrofida 300 dan ortiq uyni yer bilan yakson qildi. Harbiy boʻlmagan mudofaa guruhi bu vaziyat tinch aholi punktlarini ataylab nishonga olish sa’y – harakalari ekanini qayd etdi.

Gʻazodagi harbiy boʻlmagan mudofaa guruhi Matbuot xizmati kotibi Mahmud Basal, chorshanba kuni Isroil kuchlari Zaytunda kuchli hujumlar uyushtirgani va xususan besh qavatli yoki undan koʻp qavatli binolarni nishonga olganini bildirdi.

Basalning aytishicha, ishlatilgan portlovchi moddalar atrofdagi inshootlarning qulashiga yoʻl ochgan va ayrim uylar esa ichkarida aholi bilan birga qulagan. «Yiqimlar yoki vayronalar oldindan hech qanday ogohlantirishsiz amalga oshirildi. Ogʻir bombardimon, qutqaruv guruhlari tan jarohati olganlarga yetib borishiga to‘sqinlik qildi», - dedi.

Gʻazo markazida joylashgan Zaytun mahallasi, bu qirgʻin paytida bir necha bor Isroil hujumlariga ma’ruz qoldi.

Oxirgi vayronagarchiliklar falastinlik rasmiylarning Isroilning harbiy boʻlmagan infratuzilmasini yo‘qotib, hududni evakuatsiya qilish rejasining davomi hisoblanadi.

Harbiy boʻlmagan mudofaa guruhlari davom etayotgan bombardimon tufayli koʻplab hududlarga yetib borishda qiynalganliklarini ma’lum qilgan holda insonlar chorasiz qolgan boʻlishi mumkinligidan xavotirda ekanini oʻz soʻziga ilova etdi.

Guvohlarning xabar berishicha, Zaytunning ayrim hududlaridagi butun binolar yer bilan yakson qilingan.

Isroilning Gʻazodagi qirgʻini

2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroilning shafqatsiz hujumi natijasida G‘azoda 61 ming 700 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan, ularning ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat.

Uylarning yer bilan yakson qilinishi, yuz minglab insonni o‘z uy – joyidan mahrum qilar ekan bir necha inson haddan tashqari ko‘p inson jon saqlagan chodirlar yoki ziyon ko‘rgan binolarda chorasizlar.

Xalqaro Jinoyat sudi noyabr oyida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va uning sobiq Mudofaa vaziri Yoav Gallantga nisbatan G‘azodagi urush va insoniyatga qarshi qo‘l urilgan jinoyatlar yuzasidan hibsga olish orderlari chiqargandi.

Shuningdek, Isroil G‘azoda uyushtirgan urushi tufayli Xalqaro sudda qatliom yoki genotsid ustidan ayblanmoqda.

Xalqaro insonparvarlik tashkilotlari Isroilning G‘azodagi tinch aholi mulkini yo‘q qilishi, xalqaro huquq paymoli hamda ommaviy ravishda jazolash yo‘llari ekanini ifoda etdi. Eng muhimi, bu holat harbiy bo‘lmagan infratuzilmani nishonga olishni taqiqlovchi qoidalarga umuman zid ekani haqida bir necha bor ogohlantirgan.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us