Turkiya bugun Kongo Demokratik Respublikasining sharqida uyushtirilgan dafn marosimini nishonga olgan terror hujumi qurbonlari uchun hamdardlik bildirdi.
Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda: «Kongo Demokratik Respublikasining Shimoliy Kivu viloyatida DEASh bilan aloqali bo‘lgan Ittifoqchi Demokratik kuchlar tomonidan amalga oshirilgan terror hujumi natijasida bir necha kishining hayotdan ko‘z yumgani haqidagi xabar bizni chuqur qayg‘uga soldi», - degan ifodalarga o‘rin berildi.
Kecha (09.09.2025) DEASh terror tashkiloti bilan aloqali ekani ifoda etilgan Ittifoqchi Demokratik kuchlar tomonidan uyushtirilgan hujumda o‘nlab inson hayotdan ko‘z yumdi.
Oxirgi yillarda Kongo Demokratik Respublikasi sharqida Ittifoqchi Demokratik kuchlar faoliyatlari avj olgan vaziyatda.
Dastlab Ugandada tashkil topgan bu qurolli guruh siyosiy beqarorlik va mahalliy mojarolardan foydalangan holda Kivu mintaqasida o‘z ta’sirini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan.
Guruh, ko‘pincha qishloq hududlarida xavfsizlik kuchlari va tinch aholiga qarshi uyushtirilgan halokatli hujumlardan mas’ul deb topilmoqda.