Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi Isroilning Suriyada Turkiya Qurolli kuchlarini nishonga olgani haqidagi iddaolarin rad etib, bunday iddaolar haqiqatdan uzoq ekanini ta’kidladi.
Vazirlik mavzu haqida payshanba kuni bergan bayonotida, Isroilning Qatardagi hujumiga e’tibor qaratib, Tel - Aviv terrorizmi davlat siyosatiga aylantirgani, mojarolardan oziqlangani va tinchlikka butunlay qarshi ekanini ifoda etdi.
Anqara ushbu hujumni Qatar mustaqilligining ochiq - oydin paymoli sifatida baholagan holda quyidagi ifodalarga o‘rin berdi: «Biz bu hujum oldida barcha imkonlarimiz bilan Qatarning yonidamiz», - dedi.
Parvosiz va mas’uliyatsiz hujumlar
Vazirlik xalqaro hamjamiyatni tezlik bilan chora ko‘rishga chaqirar ekan, Isroil to‘xtatilmagudek bo‘lsa unda uning parvosiz va mas’uliyatsiz hujumlari Yaqin Sharqni falokatga yetaklashi mumkinligi ta’kidladi.
Isroilning Dohadagi Hamas muzokara guruhiga qarshi uyushtirgan havo hujumi, Qatar mustaqilligi va xalqaro huquqning ochiq - oydin paymoli sifatida keng ko‘lamli va keskin ravishda qoralandi.
Isroil hujumi oqibatida Hamasning besh a’zosi va bir nafar qatarlik xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi. Hamas rahbariyati hujumdan omon qolganini tasdiqladi.