TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Prezident Erdo‘g‘an Isroilning Dohadagi hujumini «qoroqchilik» deb baholadi
Prezident Erdo‘g‘an Qatar Amiri bilan telefon orqali muloqot qilib, Isroilning Dohadagi hujumini qoraladi va uni «qoroqchilik» deb baholadi.
Prezident Erdo‘g‘an Isroilning Dohadagi hujumini «qoroqchilik» deb baholadi
10 сентябр 2025

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al - Soniy telefon orqali muloqot qildi. Ushbu muloqotda ikkala lider, Isroil tomonidan Dohadagi Hamasning muzokara guruhini nishonga olgan hujumi va mazkur hujumga qarshi nimalar qilinishi kerakligini qo‘lga oldi.

Erdo‘g‘an muloqot davomida yuqorida nomi tilga olingan hujumda shahid bo‘lganlar uchun hamdardlik bildirar ekan, Turkiya barcha imkonlari bilan Qatar davlati va xalqining yonida bo‘lishini ta’kidladi.

Prezident shuningdek, Isroil hujumiga seshanba kuni Turkiyaning «NSosyal» ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali e’tibor qaratib, uni, «Qardosh yurtimizga qarshi uyushtirilgan hujum, xalqaro huquqning ochiq - ochiq paymolidir», - degan so‘zlar bilan qoraladi.

So‘zlari davomida, «Isroilning Qatardagi Hamas muzokara guruhiga qarshi uyushtirgan hujumi Netanyaxu hukumatining ko‘r - ko‘rona g‘azabi va mojaroni chuqurlashtirish niyatini yana bir bor yaqqol namoyon etdi», - degan Erdo‘g’an, terrorizmni davlat siyosatiga aylantirganlar muvaffaqiyatga erisha olmasligini qayd etdi.

Erdo‘g‘an shuningdek: «Biz nafaqat oʻzini, balki butun mintaqani falokatga tortishga intilayotgan Isroil banditizmiga qarshi qarorli va mustahkam pozitsiyamizni saqlab qolamiz. Badali nima bo‘lishidan qat’iy nazar tinchlik, xalqaro huquq va Falastin xalqining erkinligini himoya qilishda davom etamiz», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hujumlar ortidan Turkiyaning Dohadagi elchixonasi voqealar rivojini yaqindan kuzatayotganini ma’lum qildi va turk fuqarolarini Qatar rasmiylarining e’lonlari, jumladan, rasmiy ijtimoiy tarmoq hisoblari va elchixona veb - saytidagi bayonotlarni diqqat bilan kuzatishga chaqirdi.

Hamas hay’ati AQSh tomonidan qoʻllab - quvvatlangan Gʻazo sulh rejasini muhokama qilayotgani aytilgan bir paytda Isroil Qatar poytaxti Dohaga qarshi birinchi marta hujum uyushtirdi.

Falastin qarshilik guruhi hujumlar oqibatida oliy darajali rasmiylar tirik qolgani ammo muzokara hay’atining bosh a’zosining farzandi va bir nafar qatarlik xavfisizlik xizmati xodimi doxil jami olti kishi halok boʻlganini ma’lum qildi.

Qatar AQSh va Misr bilan birgalikda 2023 - yilning oktabr oyidan beri 64 ming nafardan ortiq falastinlik umriga zomin boʻlgan Isroilning Gʻazoga qarshi davom etayotgan hujumlarini toʻxtatish uchun olib borilgan muzokara jarayonining qoq markazida oʻrtamchilik vazifasini bajarmoqda.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us