Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati, Hakan Fidan 11 - 12 - sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan Italiyaga borishini ma’lum qildi.
Tashrif davomida Fidan, Italiya Bosh vazir o‘rinbosari va Tashqi Ishlar hamda xalqaro hamkorlik vaziri Antonio Tajani bilan uchrashadi. Ikki vazir oxirgi marta joriy yilning 14 - 15 - may kunlari NATO tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlarining norasmiy yig‘ilishi doirasida Antaliyada uchrashgan edi.
Mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasidagi oliy darajali muloqotlarning davomi hisoblanadi. Yana joriy yilning 29 - apreli kuni poytaxt Rimda Turkiya - Italiya hukumatlararo to‘rtinchi sammiti bo‘lib o‘tgan bo‘lib, unda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni raislik qilgandi. Yaqinda, 1 - avgust kuni, Istanbulda va Prezident Erdo‘g‘an raisligida Turkiya - Italiya - Liviya kabi uch davlatning liderlari sammiti o‘tkazildi.
Rasmiy uchrashuvlardan tashqari Hakan Fidan Italiyadagi yetakchi tahliliy markazlardan biri bo‘lgan Istituto Affari Internazionalida siyosiy masala ustidan nutq so‘zlashi kutilmoqda.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra Hakan Fidan bilan Tajani o‘rtasidagi muzokaralarda Turkiya bilan Italiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik va NATO ittifoqi, yuqori darajadagi o‘zaro tashriflarning ahamiyati hamda ikki tomonlama savdoni 40 milliard dollarga yetkazish maqsadi muhokama qilinadi.
Anqara, shuningdek, Turkiya - Yevropa ittifoqi Bojxona ittifoqini yangilashning ahamiyatini ta’kidlab energiya xavfsizligi, aloqa va mudofaa sanoatida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiladi.
Kun tartibida noqonuniy migratsiya, ilmiy va texnologik innovatsiyalar, NATO bilan bog‘liq masalalar hamda Turkiya - Yevropa ittifoqi munosabatlari ham bor. Shuningdek, tomonlar Liviya, Falastinning G‘azo sektori, Suriya, Ukraina, Eron va Afrika bo‘yicha fikr almashishi kutilmoqda.
O‘sib borayotgan hamkorlik
Ikki tomonlama savdo hajmi 2024 - yili 32,2 milliard dollarga yetar ekan bu holat Italiyani Turkiyaning dunyodagi beshinchi, Yevropa ittifoqidagi ikkinchi yirik eksport bozoriga aylantirdi. Rimda o‘tkazilgan so‘nggi hukumatlararo sammitda liderlar yangi savdo maqsadini 40 milliard dollar qilib belgilashdi.
Mudofaa va energetika sohasi hamkorlikning asosiy ustunlaridan biridir. Joriy yilning mart oyida Turkiyaning Baykar mudofaa kompaniyasi, Italiyaning Leonardo aviatsiya kompaniyasi bilan insonsiz havo tizimlari bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi. Iyun oyida Baykar, Italiyaning Piaggio Aerospace kompaniyasini sotib olish ishlarini yakunladi. Shuningdek, Turkiyaning Eurofighter Typhoon raketalarini xarid qilib olish ehtimoli ustidan olib borilgan muzokaralar davom etmoqda.
Energetika sohasida Turkiya bilan Italiya Janubiy gaz yo‘lagi doirasida markaziy rol o‘ynaydi. 2020 - yil oxiridan boshlab, Trans - Anado‘lu quvir liniyasi (TANAP) orqali tashilgan tabiiy gaz Trans - Adriatik quvir liniyasi (TAP) orqali Italiyaga yetkazib berilmoqda.
Siyosat va savdodan tashqari, Italiyada yashovchi taxminan 50 ming nafarlik turk jamoasi mamlakatning ijtimoiy va madaniy hayotiga hissa qo‘shishda davom etmoqda. Turizm ham kuchli bog‘lovchi omil bo‘lib qolmoqda; 2024 - yili 719 ming nafardan ortiq italiyalik Turkiyaga tashrif buyurgan.