Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azodagi falastinliklar o‘z hududlarini tark etishni xohlasalar, ularga tanlash erkinligi berilishi kerakligini ifoda etdi ammo Isroil yoki AQSh ularni majburan ko‘chirishni rejalashtirayotgani haqidagi iddaolarni rad etdi.
Netanyaxu Kapitoliy tepaligida jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbati chog‘ida, ommaviy axborot vositalarining AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan birgalikda falastinliklarni G‘azodan chiqarib yuborish rejasini qo‘llab - quvvatlaganliklari haqidagi xabarlariga e’tiroz bildirdi.
"Men sizlarga ayrim hisobotlarni hayratga soladigan narsani aytmoqchiman. Prezident Tramp bilan bizning mushtarak maqsadlarimiz bor”, - dedi.
Netanyaxu nomi tilga olingan maqsadlarning isroillik mahbuslarning ozod etilishi, Xamas yetakchiligining o‘z faoliyatini to‘xtatishi va G‘azoning Isroilga xavf tug‘dirmasligini ta’minlash ekaniga e’tibor qaratdi.
Shuningdek Netanyaxu: "Bu umumiy maqsadga erishishda bizda umumiy strategiya bor. Nafaqat strategiya, balki umumiy taktikalarimiz ham bor ammo bu bosim yoki majburlash emas. Shunchaki to‘liq muvofiqlashtirishni o‘z ichiga oladi", - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Ushbu izohlar Trampning Netanyaxuni Oq uyda qabul qilishi va otashkesim sa’y - harakatlari bilan G‘azoning kelajagi kabi mintaqaviy mavzularni qo‘lga olishi ortidan keldi.
Yig‘ilish chog‘ida Trampdan falastinliklarni ko‘chirish rejasi haligacha kun tartibida bor yoki yo‘qligi so‘raldi. Tramp esa, qo‘shni davlatlarning falastinliklarin qabul qilishi borasida buyuk hamkorlik ichida ekanliklarini bildirdi.
Netanyaxu buning uchun bir necha davlat topishga uringanliklarini ifoda etib, G‘azodan ko‘chib ketishni istagan falastinliklarga imkon berilishi kerakligini ta’kidladi.
So‘zlari davomida: "Hech kimni majburlab chiqarmaymiz. Bu Prezident Trampning taklifi degan fikrda emasman. Uning taklifi, ularga tanlov imkoni berishdan iboratdir. Menimcha tanlash huquqiga ega bo‘lishlari kerak” , - dedi.
G‘azodagi Isroil genotsidlari
Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan beri G‘azoda genotsid uyushtirmoqda.
Falastinliklar 57 500 nafardan ortiq inson o‘ldirganini qayd etdi. Eng yomoni ularning ko‘pchili ayollar va yosh bolalardan iborat.
Falastinning rasmiy axborot agentligi WAFA ma’lumotlariga ko‘ra, vayron bo‘lgan uylar ostida 11 000 nafarga yaqin falastinlik ko‘milib qolgani taxmin qilinmoqda.
Ammo, ekspertlarning fikricha, haqiqiy qurbonlar soni G‘azo hukumati xabar qilganidan ancha yuqori va 200 000 atrofida bo‘lishi mumkin.
Vashington, anchadan beri o‘zining ittifoqchisi Isroilga har yili 3,8 milliard dollar miqdorida harbiy mablag‘ ajratib kelmoqda.
2023 - yilning oktabr oyidan beri AQSh Isroilning G‘azodagi genotsidi va qo‘shni davlatlardagi urushlarni qo‘llab - quvvatlash uchun 22 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi.
AQShning yuqori martabali amaldorlari G‘azodagi tinch aholi qurbonlari sonining ko‘pligini tanqid qilishiga qaramay Vashington qurol - yaroq yetkazib berish ishlariga shartlar qo‘yish chaqiriqlariga qarshilik ko‘rsatmoqda.
Oʻtgan yilning noyabr oyida Xalqaro Jinoyat sudi Netanyaxu va uning sobiq Mudofaa vaziri Yoav Gallantga nisbatan Gʻazodagi urush va insoniyatga qarshi uyushtirgan jinoyatlari yuzasidan hibsga olish haqida buyruq bergandi.