DUNYO
2 daqiqa o'qish
Pokistondagi kim ekani noma’lum jangarilar uyushtirgan hujumlarda 8 kishi halok bo‘ldi
Xaybar - Paxtunxva viloyatining shimoli - g‘arbidagi Peshovar, Karak va Lakki Marvat tumanlarida shubhali jangarilar tomonidan hujumlar uyushtirildi.
Pokistondagi kim ekani noma’lum jangarilar uyushtirgan hujumlarda 8 kishi halok bo‘ldi
21 соат олдин

Rasmiylar bugun Pokistonning shimoli - g‘arbidagi Xaybar - Paxtunxva viloyatida sodir bo‘lgan bir necha jangovar hujumda kamida 8 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Ularning 5 nafari xavfsizlik xodimi, 3 nafari esa tinch aholidan ekani aytilmoqda.

Ichki Ishlar vaziri Mohsin Naqviy tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Karak tumanidagi jangarilar chegara qo‘riqchilari xodimlarini olib ketayotgan avtomobilni nishonga olgan. Oqibatida esa 3 nafar harbiy bilan haydovchi halok bo‘lgan.

Boshqa bir voqeada esa Peshovar tumanida seshanba kuni kechasi sodir bo‘ldi. Unda bir transportga qarshi uyushtirilgan hujum oqibatida 3 kishi jon bergan. Ulardan birining politsiya xodimi ekani ifoda etilmoqda.

Uchinchi voqea esa Lakki Marvatda sodir bo‘ldi va bu yerda chegara xodimidan Attaulloh, kim ekani noma’lum qurollangan shaxslar tomonidan otib o‘ldirildi.

Oxirgi vaqtlarda Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan Xaybar - Paxtunxva tumanlarida, jumladan Shimoliy Vaziriston, Janubiy Vaziriston, Xaybar va Bajaur kabi qabilaviy hududlarda zo‘ravonliklar kuchaygan.

Islomobodda joylashgan Pokiston Mojaro va xavfsizlik tadqiqotlari instituti ma’lumotlariga ko‘ra joriy yilning iyul oyida mamlakat bo‘ylab 82 ta jangari hujumi va o‘nlab xavfsizlik amaliyoti o‘tkazilgan. Natijada 215 kishi halok bo‘lgan, jumladan 37 nafar xavfsizlik xodimi, 124 nafar jangari va 54 nafar tinch aholi vakili.

Bundan tashqari 199 kishi tan jarohati olgan, jumladan 107 nafar tinch aholi vakili, 56 nafar xavfsizlik xodimi va 35 nafar jangari.

Islomobod noqonuniy Pokiston Toliboni (TTP) kabi turli jangari guruhlarining Pokistonda hujumlar uyushtirib, ortidan Afg‘onistonga qochib ketganini iddao etgan holda jangarilarga monelik qilmagani bois haligacha Qobulni ayblamoqda.

Afg‘oniston bu ayblovlarni rad etar ekan, chegaralararo jangari amaliyotlariga yo‘l qo‘ymaslikka sodiqligini ta’kidlamoqda.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us