TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Istanbuldagi Gʻazo konferensiyasida olimlar shoshilinch yordamning ahamiyatini ta’kidladi
Istanbulda dunyoning 50 dan ortiq davlati nomidan 150 nafardan ortiq olim ishtirok etgan Gʻazo haqidagi konferensiyasida shoshilinch yordamning ahamiyatini ta’kidlandi.
Istanbuldagi Gʻazo konferensiyasida olimlar shoshilinch yordamning ahamiyatini ta’kidladi
24 август 2025

Kecha, 23 – avgust kuni Istanbuldagi Demokratiya va Ozodlik orolida davom etgan xalqaro konferensiyaning ikkinchi kunida yetakchi musulmon olimlari G‘azodagi falastinliklarga yordam ko‘rsatish zarurligini ta’kidladilar.

«Gʻazo - islomiy va insoniy mas’uliyatdir» deb nomlangan yigʻilish Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi (IUMS) va Turkiya Islom ulamolari jamg’armasi tomonidan uyushtirildi.

Mazkur yigʻilish Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi (IUMS) rahbari Shayx Ali Muhiddin al - Qoradog‘iy, Turkiya Din ishlari boshqarmasi raisi Ali Erbash va IUMS Bosh kotibi Shayx Ali Muhammad al - Sallabiy kabi yuqori martabali shaxslarning chiqishlaridan iborat protokol majlisi bilan boshlandi.

Yig‘ilishni tashkiliy qo‘mita nomidan «Ummat» uyushmasi rahbari Shayx Abdul Vahob Aykinji ochib berdi.

Davomida esa Iroq Fiqh kengashi nomidan shayx Ahmad Hasan al - Taha va Turkiya Islom ulamolari jamg‘armasi rahbari professor Nasrulloh Hajimuftuo‘g‘lu kabi iroqlik va turk olimlari ma’ruza qildilar.

Birinchi seminarda G‘azoga yordam ko‘rsatishning ahamiyati haqida so‘z yuritilib, delegatsiyalar rahbarlari mavzu haqida o‘z takliflarini taqdim etdilar.

Kun davomida Gʻazodagi oxirgi vaziyat ustidan matbuot anjumani uyushtirildi. Shundan soʻng ishtirokchilar nutq soʻzlab, xalqaro hamjamiyatni falastinliklar bilan birdamlik ichida boʻlishga chaqirdi.

Istanbuldagi Ayyub Sulton jome’ masjidida juma namozi ortidan qilingan duolar bilan boshlangan 8 kunlik tadbir, 29 – avgustga qadar davom etadi.

Tadbir Ayasofiya jome’ masjidida «Istanbul deklaratsiyasi»ning e’lon qilinishi bilan yakunlanadi. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ushbu hujjat Falastin da’vosini qo‘llab -quvvatlash uchun siyosiy, insoniy va huquqiy harakatlar asosida tashlangan aniq qadamlarni o‘z ichiga oladi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us