TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Emine Erdo‘g‘anning Melaniya Trampga yozgan G‘azo haqidagi maktubi jahon matbuotida keng o‘rin oldi
Emine Erdo‘g‘anning Melaniya Trampga yo‘llagan G‘azodagi insoniy inqiroz va unda azob chekayotgan falastinlik bolalar haqidagi maktubi jahon matbuotida keng yoritildi.
Emine Erdo‘g‘anning Melaniya Trampga yozgan G‘azo haqidagi maktubi jahon matbuotida keng o‘rin oldi
19 соат олдин

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoganning rafiqasi Emine Erdoganning AQSh Prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya Trampga yollagan Gazodagi insoniy inqiroz va unda azob chekayotgan falastinlik bolalar haqidagi maktubi jahon matbuotida keng yoritildi. Emine Erdo‘g‘an o‘z maktubida Melaniya Trampni, Ukrainadagi urushga bo‘lgan munosabatini G‘azodagi insoniy inqirozga nisbatan ham ko‘rsatishga chaqirgandi.

Britaniya

Britaniyaning BBC global media – portali «X» va «Instagram» ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali Emine Erdo‘g‘anning maktubini bo‘lishdi. BBC portalining, markazi AQShda joylashgan «X» kompaniyasida qariyb 50 million nafar obunachisi va markazi yana AQShda joylashgan «Instagram» hisobida esa 29.4 million nafar obunachisi mavjud.

BCC yuqorida nomi tilga olingan maktub haqida «Turk birinchi xonimidan Melaniya Trampga g‘azolik bolalar uchun maktub» degan sarlavha ostida internet sayti orqali ham bir xabar nashr etdi.

Xabarda Emine Erdo‘g‘anning Melaniya Trampni G‘azoda azob chekayotgan bolalar uchun gaplashishga chaqirganiga e’tibor qaratilar ekan maktubdagi: «Bu adolatsizlikka qarshi ovozimizni chiqarib, kuchimizni birlashtirishimiz zarur», - degan ifodasiga o‘rin berildi.

«The Telegraph» gazetasi ham mavzu haqidagi xabarida maktubning maqsadi Melaniya Trampni G‘azoda tinchlik o‘rnatish sa’y - harakatlariga jalb etish ekanini qayd etdi.

Xabarda, Turkiyaning birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘anning maktubda G‘azodagi bolalarni qutqarishga chaqirgani ifoda etildi.

«Reuters» axborot agentligi esa maktub haqidagi xabarini, «Turkiyaning birinchi xonimi Melaniya Trampni G‘azo haqida gapirishga chaqirdi» - degan sarlavha bilan chop etdi.

Xabarda aytilishicha, Emine Erdo‘g‘an nomi tilga olingan maktubni, Melaniya Trampning shu oy boshida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinga Ukraina va Rossiyadagi bolalar bilan bog‘liq yo‘llagan maktubidan ilhomlangan holda qalamga olgan va yuborgan.

Britaniyaning «Sky News» telekanali ham mazkur maktub haqidagi xabarida, Turkiyaning birinchi xonimi AQSh prezidentining rafiqasi Melaniya Trampga maktub yozib, urushdan jabr ko‘rgan ukrainalik bolalarga qanday g‘amxo‘rlik qilgan bo‘lsa G‘azodagi bolalarga ham xuddi shunday qayg‘urishga chaqirganiga e’tibor qaratdi.

Xabarda, Emine Erdo‘g‘anning o‘z maktubida Melaniya Trampning urushlarda hayotdan ko‘z yumgan ukrainalik 648 nafar bolaga ko‘rsatgan rahm - shafqatini yodga solgan holda g‘azolik bolalar uchun ham shunday munosabatda bo‘lishga chaqirgani ta’kidlandi.

Jumladan Fransiya, Germaniya, Bolgariya, Gretsiya, Shveytsariya, Belgiya, Chexiya, Bosniya va Gertsegovina, Serbiya, Chernogoriya, Avstraliya, Malayziya, Singapur, Bangladesh, Pokiston, Hindiston, Yaponiya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Isroil, Falastin, Misr, Livan, Fas, Iran, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari ham Emine Erdoganning AQSh Prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya Trampga yollagan Gazodagi insoniy inqiroz va unda azob chekayotgan falastinlik bolalar haqidagi maktubiga keng o‘rin berdi.

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us