TURKIYA
3 daqiqa o'qish
Ahmet Yildiz Isroilning Suriyadagi siyosatini baholadi
Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Ahmet Yildiz Isroilning Suriyadagi siyosati barqarorsizlikni kuchaytirib, mintaqaga tahdid solishiga e'tibor qaratdi.
Ahmet Yildiz Isroilning Suriyadagi siyosatini baholadi
22 август 2025

Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Ahmet Yildiz Isroil siyosati Suriyada barqarorsizlikni kuchaytirib, mintaqa xavfsizligiga tahdid solishiga e’tibor qaratgan holda xalqaro hamjamiyatni qolgan sanksiyalarni bekor qilishga va mamlakat mustaqilligini qoʻllab - quvvatlashga chaqirdi.

Ahmet Yildiz payshanba kuni BMTning Xavfsizlik kengashida soʻzlagan nutqida, «Suriya, dunyo kun tartibining asosiy qismi boʻlishni davom etmoqda. Yangi davrda mamlakat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va milliy birligidan kelib chiqqan holda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun uzluksiz mehnat qilinmoqda», - dedi.

Mavzu haqida Yildiz shuningdek: «Buning uchun Suriya hukumati kuchiga – kuch qoʻshish juda muhimdir. Mamlakatda barqarorlik va xavfsizlikni tiklash uchun asosiy vazifamizdan chetga chiqmasligimiz zarur», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Ahmet Yildiz soʻzlari davomida, Suriya hukumati oʻz fuqarolariga xizmat qila olishi uchun unga nisbatan kiritilgan sanksiyalarning qolgani ham bekor qilinishi kerakligini ifoda etgan holda tinchlik uchun markazlashgan boshqaruv va yagona milliy armiya shart ekanini oʻz soʻziga ilova etdi.

«Suvaydadagi oxirgi voqealar Isroil siyosatining mintaqadagi buzgʻunchi va beqarorsizlashtiruvchi xususiyatini yana bir bor ochib berdi», - degan Yildiz Suriya ittifoqi, barqarorligi va xalqining farovonligiga tahdid soladigan har qanday harakatlarga koʻz yummaslik kerakligini qayd etdi.

«Suriya mustaqilligiga putur yetkazuvchi yoki uning parchalanishiga yoʻl ochuvchi sa’y -harakatlar mintaqaga yana – da koʻproq ziyon yetkazish xavfini tugʻdirmoqda» - dedi.

Ishonchli qadamlar

Suvaydada joriy yilning iyul oyi oʻrtasida badaviy qabilalar bilan druzlar oʻrtasida qurolli toʻqnashuv yuz berdi. Hukumat kuchlari voqeani bostirishga harakat qilar ekan Isroil,  druzlarni himoya qilish bahonasi bilan Damashqni bombaladi. Keyinroq AQSh oʻrtamchiligida otashkesim e’lon qilindi.

Ahmet Yildiz Suriya hukumati bilan Suriya Demokratik kuchlari oʻrtasida 10 - mart kuni erishilgan kelishuvni nazarda tutgan holda «Biz haligacha Suriya Demokratik kuchlaridan taranglikni kamaytiruvchi yoki xavfsiz va ishonchli muhit yaratishga hissa qoʻshuvchi qadamlar koʻrmadik» - dedi.

Suriya yetakchiligi 10 - mart kuni Suriya Demokratik kuchlari (SDK) ning davlat doiralariga integratsiya qilinishi boʻyicha bir kelishuv imzolaganini e’lon qildi. Bu esa mamlakatning hududiy yaxlitligini tasdiqlab, har qanday boʻlinish tashabbuslarini rad etadi.

SDK asosan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG tomonidan boshqariladi.

Yildiz, «Kelasi davr Suriya hukumati bilan yana - da koʻproq oʻzaro va xalqaro hamkorlikni talab qiladi» - degan holda Turkiya bu darajadagi keng koʻlamli va konstruktiv koʻz qarashni har doim qoʻllab – quvvatlashini takrorladi.

Suriya hukumati 24 yil davom etgan hokimiyati ortidan Bashar al - Asadning vazifasidan chetlatilishi ortidan xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

Taxminan 25 yil Suriyani boshqargan Asad oʻtgan yilning dekabr oyida Rossiyaga qochib ketdi va 1963 - yildan beri hokimiyatda boʻlgan Baas partiyasi rejimi toʻxtadi.

Prezident al - Shaara yetakchiligida joriy yilning yanvar oyida yangi oʻtish davri hukumati tashkil etildi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us