DUNYO
2 daqiqa o'qish
Pekin Moskva bilan bo‘lgan munosabatlarini strategik jihatdan yuqori baholadi
Pekin Moskva bilan bo‘lgan munosabatlarini strategik jihatdan yuqori baholab, global kuchlar orasidagi eng qimmatli va muhim munosabat ekaniga e’tibor qaratdi.
Pekin Moskva bilan bo‘lgan munosabatlarini strategik jihatdan yuqori baholadi
8 соат олдин

Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Tashqi ishlar komissiyasi direktori Van Yi poytaxt Pekinda rossiyalik hamkasbi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Van Yi unda, Pekin bilan Moskva o‘rtasidagi munosabatlarning strategik ahamiyatini ta’kidladi. Bu bayonot, Ukrainadagi urush va AQSh bilan qayd etilgan keskinlik paytida berildi.

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov Shimoliy Koreyaga bo‘lgan tashrifi ortidan Pekinga bordi. Xabarlarga ko‘ra Lavrovning mazkur tashrifi chog‘ida Xitoy, Ukrainadagi urushda Moskvani qo‘llab – quvvatlashini bildirgan.

Xitoy Tashqi Ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra Van Yi yakshanba kuni Lavrovga: «Xitoy - Rossiya munosabatlari bugungi kunda dunyodagi eng yirik davlatlar o‘rtasidagi eng barqaror, eng yetuk va strategik jihatdan bebaxo munosabatlardandir», - degan.

Van Yi o‘z so‘zida shuningdek: «Hozirgi kunda eng avvalo keng ko‘lamli strategik hamkorlikni chuqurlashtirish, har ikki tomonning ham rivojlanishi va jonlanishiga ko‘maklashish hamda o‘zgaruvchan dunyo yaratgan muammolarni birgalikda hal qilishga e’tibor berishimiz zarur», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Xitoy bayonotiga ko‘ra ikkala vazir Koreya yarim oroli, Ukraina inqirozi, Eron yadroviy muammosi va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Vashington bilan bo‘lgan aloqalar haqida Xitoy tomonidan hech qanday bayonot berilmas ekan, Rossiya mazkur masala kun tartibida ekanini ta’kidladi.

Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi Lavrov bilan Van Yi dunyodagi oxirgi vaziyatlarni, jumladan Isroilning G‘azodagi urushini muhokama qilganini bildirdi.

Moskvaning diplomatik va iqtisodiy hamkori bo‘lgan Xitoy, ayni vaqtda, Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi urushda betaraf ekanini iddao etmoqda.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us