TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo'g'an: Turkiya mintaqa xavfsizligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam tashladi
Erdo‘g‘an Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Erdo'g'an: Turkiya mintaqa xavfsizligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam tashladi
During the call, Erdogan said these efforts will continue with determination, according to Türkiye’s Communications Directorate. / AA
4 соат олдин

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi. Erdo’g’an suhbat chog’ida mamlakat va mintaqa kun tartibidan terrorizmni olib tashlash maqsadida “Terrordan tozalangan Turkiya” tashabbusini amalga oshirayotganini ma’lum qildi.

Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan ushbu suhbatda, Turkiya Aloqa boshqarmasining xabariga ko‘ra, Erdo‘g‘an bu harakatlar qat’iyat bilan davom ettirilishini ta’kidladi.

Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon esa Anqaraning “Terrordan tozalangan Turkiya” maqsadi mintaqaviy xavfsizlikka katta hissa qo‘shishini aytib, jarayon muvaffaqiyatli yakunlanishini tiladi.

Erdo‘g‘an, shuningdek, Turkiya va BAA o‘rtasidagi strategik hamkorlik barcha sohalarda ijobiy natijalar berganini ta’kidlab, ayniqsa mudofaa sanoati va yangi texnologiyalar sohasida ikki davlat o‘rtasida katta salohiyat mavjudligini qayd etdi.

Turkiya Prezidenti, shuningdek, Abu-Dabida boshlangan Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini yaqindan kuzatayotganini va Kavkazda barqaror tinchlik o‘rnatish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us