IQTISODIYOT
2 daqiqa o'qish
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti mintaqaviy hamkorlik uchun yangi maqsadlarni belgilab oldi
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti iqtisodiy hamkorlikka to‘xtalar ekan, Isroilning G‘azo bilan Eronni nishonga olgan hujumlaridan xavotirda ekani ifoda etildi.
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti mintaqaviy hamkorlik uchun yangi maqsadlarni belgilab oldi
6 соат олдин

Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining 17 – sammiti, mintaqaviy hamkorlikning yangi maqsadlarini belgilab olish bilan yakunlandi.

Ozarbayjonning Xankendi shahrida boʻlib oʻtgan sammitda Ozarbayjonning ozod qilingan Qorabogʻ va Sharqiy Zangazur hududlarida olib borilayotgan keng koʻlamli qayta qurish va rivojlantirish ishlari yuqori baholanib, qoʻshma deklaratsiya qabul qilindi.

Deklaratsiyada Islom Hamkorlik Tashkiloti tarkibidagi davlatlarning Tashqi Ishlar vazirlari kengashining 51 - sessiyasida qabul qilingan Istanbul deklaratsiyasi va qarori nazarda tutilgan holda hozirgi Armaniston hududidan majburan va tizimli ravishda chiqarib yuborilgan yuz minglab ozarbayjonlikning ahvoliga e’tibor qaratildi; ularning tinch, xavfsiz va munosib sharoitda qaytish huquqi yana bir bor tasdiqlandi.

Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti aʼzolarining iqtisodiy barqarorlik va iqlimga chidamlilik holati kelajak kun tartibining markazida boʻlishi kerakligi toʻgʻrisida kelishib olingani ifoda etilgan deklaratsiyada qayta tiklanadigan energiya salohiyatini oshirish, iqlimga mos qishloq xoʻjaligi, suvni boshqarish va biologik xilma - xillikni muhofaza qilish kabi mavzularda qoʻshimcha qadamlar tashlanishi zarurligi qayd etildi.

Deklaratsiyada Ozarbayjon Birinchi vitse - prezidenti Mehribon Aliyeva bilan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning rafiqasi Emine Erdo‘g‘an boshchiligida olib borilgan «Nol chiqindi» kabi turli ekologik tashabbuslar olqishlandi.

Ozarbayjon, BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha tomonlar konferentsiyasiga (COP29) muvaffaqiyatli mezbonlik qilgani uchun muborak bot etildi va Turkiyaning 2026 - yili COP31 ga mezbonlik qilishi qoʻllab - quvvatlandi.

Deklaratsiyada bojxona va savdo to‘siqlarini bartaraf etish, «IHT - invest» va «IHT - savdo va taraqqiyot banki» vakolatlarini oshirish kabi tashabbuslar bilan 2035 - yilga borib mintaqalararo savdoni kamida ikki barobarga oshirish ko‘zda tutilgani hamda sun’iy intellekt, blokzanjir, koinot texnologiyalari va informatika sohasidagi hamkorlikni kengaytiruvchi, IHT Sun’iy intellekt va IHT tadqiqot markazi kabi tuzilmalarning kuchaytirilishi qayd etildi.

Isroilning G‘azo bilan Eronni nishonga olgan hujumlaridan xavotir olinmoqda

Deklaratsiyada G‘azodagi oxirgi vaziyat, Isroil - Eron va Hindiston bilan Pokiston o‘rtasidagi taranglikka ham to‘xtaldi.

G‘azodagi vaziyatning yomonlashganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, zudlik bilan butunlay otashkesim yo‘lga qo‘yilishi va insonparvarlik yordamlariga cheklovsiz erishilishiga ruxsat berilishi talab qilindi.

Bayonotda, shuningdek, Isroilning oxirgi paytlarda Eronga qarshi uyushtirgan hujumlari ham qo‘lga olinar ekan; xalqaro qonunlarga hurmat ko‘rsatilishi va tinch aholiga yetkazilgan ziyonga e’tibor qaratilishi, kelishmovchiliklarning muloqot yo‘li bilan hal qilinishi shartligi qayd etildi.  

Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida kuchayib borayotgan taranglikka ham toʻxtalib, Pokiston bilan birdamlik ichida bo‘lish istagi yetkazildi va tomonlar diplomatik yechim izlashga chaqirildi.

Bayonotda, IHTning 18 - sammitining 2027 - yili Eronda o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilingani bildirildi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us