Mintaqadagi rasmiylarning bugun ertalab bergan bayonotiga koʻra Rossiya tomonidan Ukrainaning ayrim hududlariga qarshi uyushtirilgan hujumlarda kamida 4 kishi halok bo‘ldi, 30 nafardan ortiq inson jarohatlandi.
Ukraina davlat favqulodda xizmati dushanba kuni xabar berishicha sharqdagi Sumi viloyatida ikki kishi, janubdagi Odessa viloyatida esa bir kishi halok bo‘lgan. Mahalliy manbalar, janubiy Xerson viloyatida esa bir erkak kishi qurbon bo‘lganini tasdiqladi.
Shuningdek, hujumlarda 30 nafardan ortiq inson jarohatlangan va ularning koʻpchiligi sharqiy Xarkov va Dnepropetrovsk viloyatlarida qayd etilgan.
Kiyev meri Telegram orqali bergan bayonotida, Rossiyaning insonsiz havo transportlari bir necha binoga qarshi hujum uyushtirgani ammo qurbonlar yo‘qligini ma’lum qildi.
Rossiyaning insonsiz havo transportlari hujumlari haqidagi bayonotlari
Rossiya Mudofaa vazirligi kechasi bilan Ukrainaning 91 ta insonsiz havo transportiga monelik qilish orqali yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Ulardan sakkiztasi Moskva viloyatida urib tushirilar ekan, aksariyati Ukraina chegarasi yaqinida faoliyatdan chiqarilgan.
Oxirgi hujumlar Rossiyaning 2022 - yilning fevral oyida boshlagan ishgʻoldan beri Ukrainani nishonga olgan eng yirik insonsiz havo transporti va raketa hujumini amalga oshirganidan bir necha kun oʻtib sodir boʻldi. Juma kuni Rossiya kuchlari Kiyevni nishonga olgan 530 ta insonsiz havo transporti bilan oʻnga yaqin raketa hujumi uyushtirdi. Eng yomoni unda, kamida ikki kishi halok boʻldi.
Ikki davlat oʻrtasidagi ziddiyat kuchayib borar ekan, har ikki tomon ham tobora agressiv havo hujumlarini uyushtirmoqda.