SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Tramp Rossiya - Ukraina masalasiga e'tibor qaratdi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy takliflarni muhokama qilish maqsadida bugun Oq uyda Tramp bilan uchrashadi.
Tramp Rossiya - Ukraina masalasiga e'tibor qaratdi
18 август 2025

Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp, «Truth Social» platformasi foydalanuvchilaridan birining Ukraina o‘z hududining bir qismini Rossiyaga berishga tayyor bo‘lishi kerakligi haqidagi postni bo‘lishdi.

Tramp yakshanba kuni: «Ukraina Rossiyaga ayrim hududlarini berishga rozi boʻlishi kerak. Aks holda urush toʻxtamaydi va yana – da koʻproq tuprogʻini qoʻldan boy berishga davom etadi»! - dedi.

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio avvalroq bergan bayonotida, Rossiya bilan Ukraina tinchlik kelishuviga erishish uchun ortga tisarilishi kerakligini qatd etgandi.

Rubio Fox News telekanaliga bergan intervyusida: «Urushayotgan ikki tomon oʻrtasida tinchlik ustidan kelishib olinishi uchun har ikki tomon ham biror narsalardan voz kechishga rozi boʻlishi kerak. Agar bir tomon xohlagan narsasiga erishgudek boʻlsa unda bu tinchlik bitimi emas, aksincha taslim boʻlishdir», - dedi.

Rubioning taʼkidlashicha, juma kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin oʻrtasida Alyaskaning Ankorij shahrida boʻlib oʻtgan sammitdan keyin hal qilinmagan ayrim masalalar borligi qayd etilgan. Ular hududiy chegaralarning qayerda boʻlishi, uzoq muddatli xavfsizlik kafolatlari haqidagi muammolar va Ukraina kimlar bilan harbiy ittifoq tuzishi mumkinligidir.

Rubio hududiy qarorlar oxir oqibat Ukrainaga tegishli ekanini ta’kidlab, «Bu ularning hududi, ularning mamlakati», - dedi.

Tramp bilan Putin Alyaskada uch soatlik yopiq eshiklar ortida o‘tkazgan uchrashuvi ortidan, Putin kelishuvga erishganliklarini ma’lum qildi.

Sammit keyin Tramp, Fox News telekanaliga bergan intervyusida asosiy masalalar ustidan kelishib olingani faqat kichik nuanslar qolganini qayd etdi.

Oq uydagi uchrashuv

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy takliflarni muhokama qilish uchun dushanba kuni Oq uyda Tramp bilan uchrashuv oʻtkazadi.

Yevropaning yuqori martabali bir guruh yetakchilari bilan NATO rahbari, Ukraina bo‘yicha olib borilgan muzokaralarda ishtirok etish uchun Vashingtonga boradi.

Yig‘ilishda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Italiya Bosh vaziri Giorgia Meloni, Germaniya kansleri Fridrix Merz, Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb, Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Leyen va NATO Bosh kotibi Mark Rutte ishtirok etmoqda.

Tramp yakshanba kuni «Truth Social»dagi boshqa postida, Putinning AQShda yirik sammit o‘tkazishga ruxsat berish orqali katta muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqidagi OAV xabarlarini tanqid qildi.

U, Putin sammitni AQShdan boshqa joyda o‘tkazishni juda xohlagani va buning oshkor ekanini ifoda etgan holda «Bu buyuk mubohasaga yoʻl ochar edi» degan ifodalarga oʻrin berdi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us