SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Ahmad ash – Shara: Suriyaning bir qarich tuprogʻi ham berilmaydi
Suriya Prezidenti Ahmad ash – Shara yana bir bor Suriyaning birligi, hududiy yaxlitligi va mustaqilligiga e’tibor qaratdi.
Ahmad ash – Shara: Suriyaning bir qarich tuprogʻi ham berilmaydi
18 август 2025

Suriya Prezidenti Ahmad ash - Shara, Suriya Demokratik kuchlarining (SDK) joriy yilning 10 - martidagi kelishuvning yoʻlga qoʻyilishi borasida bergan bayonoti bilan qilgan ishlari bir - biriga zid ekanini qayd etdi.

Shara bu haqida chorshanba kuni Idlib shimolidan kelgan bir hat’at bilan boʻlgan uchrashuvda gapirar ekan, ommaga yakshanba kuni prezidentlik tomonidan tarqatilgan bir videolavhada ma’lum qilindi.  

Shara, Suriya Demokratik kuchlari ommaviy axborot vositalari va muzokaralar orqali 10 – mart kuni qayd etilgan kelishuvni yoʻlga qoʻyishga tayyor ekanini ma’lum qilgani ammo haqiqatda, qilgan ishlarida bergan bayonotiga umuman toʻgʻri kelmaydigan munosabatda ekanini bildirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, kelishuvni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda.

Prezident Suriya, SDK, AQSh va Turkiya kelishuv asosida bir kelishuvga erishgani va bu toʻrt asosiy ishtirokchi Suriyaning shimoli - sharqidagi masala ustidan kelishib olgudek boʻlsa unda yuqorida nomi tilga olingan kelishuvga amal qilinishini qayd etdi.

Shuningdek, kelishuv yil oxirigacha yoʻlga qoʻyilishi uchun bir kun belgilab olingani ta’kidlangan holda Suriyaning shimoli - sharqidagi muammoni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun xalqaro yordamning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Suriyaning bir qarich tuprogʻi ham berilmaydi

Shara, masala bir necha oy ichida hal boʻlishi mumkinligidan umidvor ekanini ifoda etgan holda Suriyaning bir qarich tuprogʻini ham bermasligi va davlat huquqi bilan konstitutsiya doirasida hammaning haq - huquqini himoya qilishini takrorladi.

Suriya yetakchiligi 10 - mart kuni Suriya Demokratik kuchlari (SDK) ning davlat doiralariga integratsiya qilinishi boʻyicha bir kelishuv imzolaganini e’lon qildi. Bu esa mamlakatning hududiy yaxlitligini tasdiqlab, har qanday boʻlinish tashabbuslarini rad etadi.

SDK asosan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG tomonidan boshqariladi.

Suriya hukumati 24 yil davom etgan hokimiyati ortidan Bashar al - Asadning vazifasidan chetlatilishi ortidan xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

Taxminan 25 yil Suriyani boshqargan Asad oʻtgan yilning dekabr oyida Rossiyaga qochib ketdi va 1963 - yildan beri hokimiyatda boʻlgan Baas partiyasi rejimi toʻxtadi.

Prezident al - Shaara yetakchiligida joriy yilning yanvar oyida yangi oʻtish davri hukumati tashkil etildi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us