SIYOSAT
3 daqiqa o'qish
Isroil mudofaa vaziri G‘azoni bosib olish strategiyasini tasdiqladi
G‘azoni butunlay bosib olishga qaratilgan harbiy amaliyot doirasida, isroillik zaxira brigadasi askarlari favqulodda safarbarlik buyrug‘i bilan xizmatga chaqirilgani aytilmoqda.
Isroil mudofaa vaziri G‘azoni bosib olish strategiyasini tasdiqladi
20 соат олдин

Isroil mahalliy ommaviy axborot vositalarining bugun xabar berishicha, Mudofaa vaziri Israel Katz Gazoni bosib olish rejasini tasdiqladi.

Isroilning KAN davlat telekanali xabariga kora Katz rejani «Gideoning urush aravalari» deb nomlangan va joriy yilning may oyida boshlatilgan hamda falastinliklarni G‘azo shimolidan butunlay ko‘chirishni ko‘zlagan quruqlik amaliyotining keyingi bosqichi sifatida ko‘rmoqda. Shu bois nomini ham «Gideoning urush aravalari - B» deb qo‘ygani qayd etildi.

Xabarda, «Reja asosidagi hujumni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan zaxira brigadasi askarlarini chaqirish bo‘yicha buyruq chiqariladi», - degan ifodalarga o‘rin berilar ekan qancha askarga ehtiyoj borligi haqida hech qanday ma’lumot berilmadi.

Nomi tilga olingan reja keyinchalik tasdiqlanishi uchun xavfsizlik kabinetiga taqdim etilishi ifoda etildi.

Channel 12 telekanal xabariga ko‘ra Isroil «8 - sonli buyruq» deb nomlanuvchi favqulodda safarbarlik buyrug‘i tayyorladi. Ushbu buyruq asosida yaqin kunlarda o‘n minglab zaxira brigadasidagi askarning chaqirilishi kutilmoqda.

Isroil rasmiylari kelasi oyda yana 50 000 nafar zaxirachi chaqirilishi va bu raqam faol zaxirachi askar sonini 120 000 nafarga yetkazishini bildirdi.

Isroil Bosh shtab boshlig‘i general Eyal Zamir seshanba kuni bergan bayonotida, G‘azo shimolidagi Isroil kuchlariga qo‘shimcha askar yuborish masalasi ham doxil bosib olish rejasini bosqichma – bosqich aytib o‘tdi.

G‘azoning bosib olinishi

Joriy yilning 8 - avgusti kuni Isroil vazirlar kengashi Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning G‘azoni bosqichma - bosqich bosib olish rejasini ma’qulladi.

Rejaga ko‘ra dastlab G‘azo shahrini egallash uchun deyarli 1 million aholini janubga ko‘chirish, shaharni o‘rab olish va uning mahallalariga bosqinlar uyushtirish ko‘zda tutilgan.

Ushbu harakat doirasida armiya 11 - avgust kuni G‘azoning Zaytun mahallasiga qarshi yirik hujum uyushtira boshladi.

Mintaqadagi guvohlarning xabar berishicha hujum oqibatida uylar minalangan robotlar orqali yiqitilgan, artilleriya o‘qlari otilgan, qanday to‘g‘ri kelsa shunday o‘q uzilgan va aholi ko‘chishga majbur qilingan.

Isroilning bosqin rejalari va tayyorgarligi, Hamas bilan bilvosita otashkesim muzokaralari davom etgan bir paytda ham davom etmoqda. Hamas, Misr va Qatar taklifiga binoan harbiy amaliyotlarni 60 kunga to‘xtatishga rozi bo‘lgandi.

Isroil armiyasi, 2023 - yilning 7 - oktabridan beri G‘azoga qarshi uyushtirgan shafqatsiz hujumlari oqibatida falastinlik 62 ming nafarga yaqin inson umriga zomin boʻldi. Harbiy hujumlar ochlikka qarshi ham kurash olib borayotgan hududni yer bilan yakson qildi.

Otgan yilning noyabr oyida Xalqaro Jinoyat sudi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq Mudofaa vaziri Yoav Gallant haqida Gazodagi urush va insoniyatga qarshi qo‘l urilgan jinoyatlar tufayli hibsga olish bo‘yicha buyruq chiqardi.

Isroil shuningdek, aholi punktlaridagi tinch aholiga nisbatan qo‘l urilgan urush jinoyatlari yuzasidan Xalqaro Adliya sudida genotsidga qo‘l urganlikda ayblanmoqda.

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us