TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an bilan Rutte Rossiya – Ukraina o‘rtasidagi oxirgi vaziyatlarni qo‘lga oldi
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an NATO Bosh kotibi Mark Rutte bilan Ruttening iltimosiga binoan telefon orqali muloqot qildi.
Erdo‘g‘an bilan Rutte Rossiya – Ukraina o‘rtasidagi oxirgi vaziyatlarni qo‘lga oldi
2 соат олдин

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Prezident Rejep Tayyip Erdogan NATO Bosh kotibi Mark Rutte bilan Ruttening iltimosiga binoan telefon orqali muloqot qildi. Liderlar mazkur muloqot chog‘ida Rossiya - Ukraina urushidagi oxirgi vaziyatlar bilan bir qatorda mintaqadagi va dunyodagi masalalarni qo‘lga oldi.

Erdogan Rossiya bilan Ukraina ortasida o‘q uzish butunlay to‘xtashi uchun Istanbulda olib borilgan muzokaralarda oldinga siljish qayd etilganini bildirgan holda, jarayonning ijobiy tusda insoniy natijalar tug‘dirishining ahamiyatiga to‘xtaldi.

Rutte, AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Alyaskadagi sammit oldidan Ukrainadagi vaziyat ustidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Erdogan esa, Turkiya, yaqinlashib kelayotgan bu yig‘ilishni yaqindan kuzatganini ifoda etdi.

Tramp bilan Putin juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:30 da (GMT 1930) Alyaskada uchrashuv o‘tkazadi. Bu uchrashuv qariyb 3,5 yildan beri davom etgan Moskva - Kiyev urushi boshlanganidan beri AQSh va Rossiyaning amaldagi prezidentlari o‘rtasida qayd etilgan birinchi uchrashuv bo‘ladi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us