TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Istanbulda Isroilning Gʻazodagi genotsidi va ochlik siyosatiga qarshi namoyish uyushtirildi
Istanbulda Isroilning 2023 - yilning 7 - oktabridan beri Falastinning Gʻazo sektoriga qarshi uyushtirgan genotsidi va ochlik siyosatiga e’tibor qaratish maqsadida namoyish uyushtirildi.
Istanbulda Isroilning Gʻazodagi genotsidi va ochlik siyosatiga qarshi namoyish uyushtirildi
11 август 2025

Falastinni qoʻllab - quvvatlagan oʻn minglab inson shanba kuni kechqurun Istanbulning Boyazid maydonida yigʻilib, Isroilning Gʻazoda davom etayotgan genotsidi va ochlik siyosatiga e’tibor qaratdi.

Unda nodavlat nohukumat tashkilotlar bilan keng jamoatchilik vakillari ishtirok etar ekan, tadbir, tarixiy Ayasofiya jome’ masjidi tomon yurish bilan davom etdi.

Ishtirokchilar insonparvarlik inqiroziga e’tibor qaratish va Gʻazoda avj olgan shiddat bilan jiddiy oziq - ovqat va tibbiy ashyolar kamligi oldida Gʻazo xalqi bilan birdamlik ichida ekanini koʻrsatish uchun uchrashdi.

Tashkilotchilar xalqaro hamjamiyatni Gʻazodagi bu azob - uqubatlarni toʻxtatish uchun tezkor choralar koʻrishga chaqirdilar.

Isroil 2023 - yildan beri Gʻazoda 61 ming nafardan ortiq inson umriga zomin boʻldi.

Harbiy amaliyot, Gʻazoni yer bilan yakson qilar ekan ocharchilik esa oʻlimlarga yoʻl ochmoqda.

Oʻtgan yilning noyabr oyida Xalqaro Jinoyat sudi Netanyaxu va uning sobiq Mudofaa vaziri Yoav Gallantga nisbatan Gʻazodagi urush va insoniyatga qarshi uyushtirgan jinoyatlari yuzasidan hibsga olish orderlarini chiqargandi.

Shuningdek, Isroil Gʻazoda davom etgan urushi uchun Xalqaro sudda genotsid ishi boʻyicha javobgarlikka tortilmoqda.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us