TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya Isroilni Suvaydadagi nizoga aloqadorlikda aybladi
Suriya Tashqi Ishlar vaziri Asad Hasan Shyaboniy rasmiy tashrif bilan Anqaraga keldi.
Turkiya Isroilni Suvaydadagi nizoga aloqadorlikda aybladi
бир кун олдин

Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Suriya­ning Suvayda hududidagi so‘nggi to‘qnashuvlarda Isroilning rolini tanqid qilib, Turkiya, Suriyaning ichki ishlarini nishonga olgan tashqi aralashuvlardan xavotirda ekanini ifoda etdi.

Hakan Fidan chorshanba kuni Anqarada Suriya Tashqi Ishlar vaziri Asad Hasan Shayboniy bilan uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida Suvaydadagi voqealarni nazarda tutgan holda «Bu qorong‘u ko‘rinishning eng buyuk o‘yinchilaridan biri Isroildir», - dedi.

U, shuningdek, Turkiyaning urushdan keyingi Suriya haqidagi ko‘z qarashlarini ta’kidlagan holda: «Yangi Suriya butun xalqlar, e’tiqodlar va madaniyatlar muhofaza qilingan va eng muhimi birgalikda tinch - totuv yashay olgan bir butun Suriya bo‘lishi kerak. Shunday ekan Turkiya sifatida biz bu yo‘ldagi o‘z tavsiyalarimizni beryapmiz», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hakan Fidan Anqara bundan buyon sabr qilib bo‘lmaydigan voqealar yuz berayotganini ifoda etgan holda PKK/YPG terror tashkiloti harakatlari haqida: «Suriyani tark etmaganini ko‘rib turibmiz… Buni ko‘rmadik deb o‘ylamasinlar», - dedi.

Tashqi Ishlar vaziri YPGni Turkiya va mintaqaga xavf tug‘dirishni bas qilishga chaqirib, tashkilot a’zolari bilan chet ellik jangarilar vaqtni qo‘ldan boy bermay Suriya tuproqlarini tark etishlarini talab qildi.

Suriya Tashqi Ishlar vaziri Asad al - Shayboniy Suriyada davom etayotgan tashqi aralashuvlarga e’tibor qaratgan holda ba’zilarini to‘g‘ridan - to‘g‘ri Suriya davlatini zaiflatishga harakat qilayotganini qayd etdi.

U, shuningdek, druza jamoasi Suriyaning ajralmas qismi ekanini ta’kidlagan holda: «Suvaydada yuz bergan voqealar, mintaqadagi mazhablar o‘rtasida kelishmovchilik yaratish maqsadida Isroil tomonidan qasddan yaratildi», - dedi.

«Bizning Turkiya bilan ko‘plab umumiy manfaatlarimiz bor. Suriyadagi tartibsizlikni qo‘llab - quvvatlashdan uzoq turilishi borasida ogohlantiryapmiz», - deya gapirdi.

Shayboniy mavzu haqida shuningdek, Suriyaning shimoli - sharqiy qismidagi unsurlar tomonidan uyushtirilgan Haseke konferensiyasini YPG terror tashkiloti bilan 10 - mart kuni imzolangan kelishuvning paymol qilinishi sifatida baholanganini qayd etdi.

Suriya yetakchiligi 10 - mart kuni Suriya Demokratik kuchlari (SDF) ning davlat doiralariga integratsiya qilinishi boʻyicha bir kelishuv imzolaganini e’lon qildi. Bu esa mamlakatning hududiy yaxlitligini tasdiqlab, har qanday boʻlinish tashabbuslarini rad etdi.

SDF asosan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG tomonidan boshqariladi.

Suriya hukumati 24 yil davom etgan hokimiyati ortidan Bashar al - Asadning vazifasidan chetlatilishi ortidan xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

Taxminan 25 yil Suriyani boshqargan Asad oʻtgan yilning dekabr oyida Rossiyaga qochib ketdi va 1963 - yildan beri hokimiyatda boʻlgan Baas partiyasi rejimi toʻxtadi.

Prezident al - Shaara yetakchiligida joriy yilning yanvar oyida yangi oʻtish davri hukumati tashkil etildi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us