SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Suriya xavfsizlik sohasida Isroil bilan kelishib olishi mumkinligi taxmin qilinmoqda
Suriya Prezidenti Ahmad al - Shara 1974 - yilgi otashkesim asosida Isroil bilan xavfsizlik masalasi ustidan olib borilayotgan muzokaralar ijobiy natijalar berishi mumkinligini qayd etdi.
Suriya xavfsizlik sohasida Isroil bilan kelishib olishi mumkinligi taxmin qilinmoqda
25 август 2025

Suriya Prezidenti Ahmad al - Shara yakshanba kuni arab ommaviy axborot vositalari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda, Isroil bilan xavfsizlik masalasi ustidan kelishib olinishi mumkinligiga ishora qildi.

Shara «Suriya TV» ga bergan bayonotlarida, Damashq bilan Tel - Aviv oʻrtasida xavfsizlik masalasi ustidan oliy darajali muzokaralar olib borilganini ifoda etgan holda bu boradagi kelishuv 1974 – yilgi otashkesim asosiga tayanishini qayd etdi.

Shara hozircha Isroil bilan tinchlik shartnomasi tuzish to‘g‘ri emas degan fikrda lekin agar bu kelishuv Suriya va mintaqaga foyda keltirsa, uni imzolashdan chekinmasligini ta’kidladi.

Suriya Arab Axborot Agentligi SANA xabariga ko‘ra, Suriya Tashqi Ishlar vaziri Asad Hasan Shayboniy seshanba kuni Parijda Isroil hay’ati bilan uchrashgan va unda keskinlikni kamaytirish, Suriyaning ichki ishlariga aralashmaslik va mintaqa barqarorligini qo‘llab – quvvatlash masalasi qo‘lga olingan.

Uchrashuvlarda shuningdek: «Suriya janubidagi Suvayda viloyatida otashkesimning kuzatilishi va 1974 - yilgi kuchlarni ajratish to‘g‘risidagi kelishuvni qayta faollashtirish», - muhokama qilingani qayd etildi.

1974 - yilgi kuchlarni ajratish to‘g‘risidagi kelishuv

Axborot agentligining yozishicha muzokaralar AQSh oʻrtamchiligida olib borilmoqda va Suriyada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash hamda mamlakat birligi va hududiy yaxlitligini saqlashni koʻzlagan diplomatik sa’y – harakatlardan iboratdir.

1973 - yilning oktabr oyidagi Arab - Isroil urushi ortidan imzolangan 1974 - yildagi kuchlarni ajratish toʻgʻrisidagi kelishuv, urushayotgan tomonlarning kuchlarini ajratish va ikki tomon oʻrtasidagi toʻgʻridan - toʻgʻri harbiy harakatlarni tugatishga qaratilgan.

Suriya bilan Isroil o‘rtasida tuzilgan kelishuv, harbiylarning pozitsiyalarini bir – biridan ajratib turuvchi hamda Alfa va Bravo degan nomlar bilan tanilgan asosiy ikki chiziqni tashkil etdi.

Ikki chiziq oʻrtasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Otashkesimni kuzatish missiyasi (UNDOF) nazorati ostida bufer zona tashkil etildi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us