Eronning diniy lideri Oyatulloh Ali Xamanaiy Tehron bilan Vashington o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni «hal qilib bo‘lmaydigan muammo» deb baholar ekan Eron AQShga hech qachon taslim bo‘lmasligini ta’kidladi.
Xamaney mavzu haqida jurnalistlarga bergan bayonotida: «Dushmanlar Eronni urush yo‘li orqali zaiflashtira olmadi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Kecha, 24 – avgust kuni bergan bayonotida, Eronni bo‘lishga uringan tashabbuslarga ham e’tibor qaratgan Xamaney, yuqorida nomi tilga olingan tashabbuslarning tabiati yoki uning ortida kimlar borligi masalasi haqida esa batafsil ma’lumot bermadi.
AQSh Prezidenti Donald Trampning hech qanday shartsiz taslim bo‘lish haqidagi chaqirig‘iga ham javob bergan Xamaney, Eron xalqining bu darajadagi haqoratdan qattiq ranjigani hamda shu va shunga o‘xshash munosabatlarga qarshi bor kuchi bilan kurash olib borilishini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Eslatib o‘tamiz:
Ommaviy axborot vositasida chiqqan xabarlarga ko‘ra Tramp, joriy yilning iyun oyida Tehronni, AQSh talablarini hech qanday shartsiz qabul qilishga chaqirgandi.
Tehronning Vashington bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri yadroviy muzokaralar o‘tkazish ishlarini rad etishi ortidan ichki mubohasalarga maruz qolgan Xamaney, kelishmovchiliklarni «hal qilib bo‘lmaydigan» darajada deb baholar ekan AQSh bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri muzokara o‘tkazish fikrini himoya qilganlarni esa «tor ko‘z qarashdagilar», - deb atadi.
Shuningdek AQSh bilan anchadan beri davom etgan kelishmovchilikdan, AQShning tajovuzkor munosabatini mas’ul deb topdi.
Xamaney, Eron ichidagi milliy birlik va birdamlik AQSh bilan Isroilning tajovuzkor munosabati oldida mustahkam tus olganini ifoda etgan holda endilikda uni saqlab qolish shart ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Yana eslatib o‘tish joizki taranglik joriy yilning 13 - iyuni kuni Isroil tomonidan Tehronga qarshi kutilmaganda uyushtirilgan hujumi bilan avj oldi. Hujumda harbiy, yadroviy va harbiy bo‘lmagan obyektlardan tashqari yuqori martabali qo‘mondonlar va yadroviy sohada ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar nishonga olindi.
Eron bunga raketa va insonsiz havo transportlari orqali javob berar ekan, AQSh esa Eronning uchta yadroviy obyektini bombaladi. Roppa – rosa 12 kun davom etgan urush, 24 - iyun kuni AQSh o‘rtamchiligida yo‘lga qo‘yilgan otashkesim bilan to‘xtadi.