SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Moskva bilan Tehron Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
Moskva bilan Tehron o‘rtasidagi muzokaralar Britaniya, Fransiya va Germaniyaning Eronga bo‘lgan va yadroviy faoliyatlarini nazarda tutgan talablari avj olgan bir paytga to‘g‘ri keldi.
Moskva bilan Tehron Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
26 август 2025

Eron va Rossiya Davlat rahbarlari, Yevropa davlatlarining 2015 - yildagi yadroviy kelishuvning cho‘kishi bilan Tehronga nisbatan yo‘lga qo‘ygan sanksiyalarni yangilash haqidagi tahdidi ortidan Eronning yadroviy dasturi ustidan uchrashuv o‘tkazdi.

Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya Eronni uran boyitish dasturini cheklab, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik inspektorlari bilan hamkorlik qilishni qabul qilmagudek bo‘lsa unda kelishuv asosida bekor qilingan BMT sanksiyalarini takror kiritish bilan tahdid qildi.

Eron davlat matbuoti seshanba kuni Eronning Yevropa uchligi bilan Jenevada muzokaralar o'tkazishini xabar qildi.

Kremlning ma'lum qilishicha, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin dushanba kuni Eron Prezidenti Masud Pezeshkiyan bilan telefon orqali muloqot qilgan va unda Eron yadro dasturi bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilingan.

Eronning prezidentlik apparati ma’lumotiga ko‘ra, Pezeshkian Putinga, Eronning "boyitish huquqini" qo'llab - quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirgan. Shuningdek, Eron yadroviy qurol ishlab chiqarishni maqsad qilmagani va hech qachon qilmasligini ifoda etgan.

Ikki davlat Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti davomida siyosiy, harbiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamladi.

Eron joriy qarama - qarshilik davrida AQSh va Yevropa bilan muhim yadroviy muzokaralar oldidan muntazam ravishda Rossiya va Xitoy bilan o'z pozitsiyasini muvofiqlashtirishga harakat qilmoqda.

Rossiyaning “Kommersant” gazetasi dushanba kuni, Moskva, sanksiyalarning takror yo‘lga qo‘yilishi goyasiga qarshi ekanini ma’lum qildi.

Gazeta Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi bayonotiga tayanib, “Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyaning Eronga qarshi ilgari to‘xtatilgan BMT sanksiyalarni qayta joriy qilish mexanizmini faollashtirish haqidagi tahdidlari jiddiy beqarorlashtiruvchi omildir”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Rossiya 2015 - yilgi Keng ko‘lamli qo'shma harakatlar rejasining (JCPOA) a'zosi bo'lib, u Eronning yadroviy dasturini cheklash evaziga sanksiyalarning bekor qilinishini ta’minladi.

Tehron kelishuvning bekor qilinishi bandini noqonuniy deb hisoblar ekan, yevropaliklarni kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganlikda ayblaydi.

Eron joriy yilda Isroil bilan qayd etilgan 12 kunlik urush ortidan BMTning yadroviy nazorati bilan bo‘lgan hamkorligini toxtatib qo‘ydi. Buning sababi esa Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentligining Isroil va AQShning yadroviy inshootlariga qarshi uyushtirgan hujumlarini qoralamagani ekani qayd etildi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us