SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Ilon Mask AQShda yangi siyosiy partiya tuzganini ma'lum qildi
Ilon Musk, o‘zining X platformasi orqali AQShda yangi siyosiy partiya tuzilishi kerakligi ustidan o‘tkazgan so‘rovnomasi ortidan shanba kuni, "Amerika partiyasi" tashkil topganini ma'lum qildi.
Ilon Mask AQShda yangi siyosiy partiya tuzganini ma'lum qildi
11 соат олдин

Ilon Mask, o‘zining X platformasi orqali AQShda yangi siyosiy partiya tuzilishi kerakligi ustidan o‘tkazgan so‘rovnomasi ortidan shanba kuni, "Amerika partiyasi" tashkil topganini ma'lum qildi.

AQSh Prezidenti Donald Trumpning sobiq ittifoqchisi, va texnologiya sohasidagi milliarder Ilon Mask, AQShdagi yagona siyosiy kuchlarga qarshi chiqish niyatida yangi siyosiy partiya tuzganini e’lon qildi.

Dunyoning eng boy insoni va 2024 - yilgi saylovlarda Trampning eng yirik siyosiy homiysi bo‘lgan Mask, hukumat samaradorligi departamenti boshlig‘i sifatida respublikachilar xarajatini qisqartirish va federal ish o‘rinlarini kamaytirish sa’y – harakatlariga rahbarlik qilishi ortidan Tramp bilan kelisha olmay qolgandi.

SpaceX va Tesla rahbari bo‘lgan Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida mavzu haqida shunday dedi: "Mamlakatimiz isrofgarchilik va korrupsiya orqali cho‘kishga sudiralgan bir paytda demokratiyada emas, balki bir partiyali tizimda yashayapmiz. Bugun Amerika partiyasi tashkil etildi va bu sizga o‘z erkinligingizni qaytarib beradi".

Mask juma kuni, AQSh Mustaqillik kunida, X platformasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda u foydalanuvchilardan "ikki partiyali (ba'zilar uni bir partiyali deb atashadi) tizimdan ozod bo‘lishni istaysizmi”, - deb savol berdi va unda 1.2 milliondan ortiq inson ishtirok etdi.

Mask shanba kuni bergan bayonotida, "2 ga 1 nisbatda, siz yangi siyosiy partiyani xohlaysiz va uni olasiz", - dedi.

Trump Maskni deport qilish bilan tahdid qildi

Trump bilan Mask o‘rtasidagi kelishmovchilik o‘tgan oy oxirida Trampning Kongressdagi Respublikachilarga o‘zining ichki siyosiy kun tartibini aniqlovchi "One Big Beautiful Bill" nomli qonun loyihasini qabul qilishlarini talab qilishi ortidan avj oldi.

Mask ushbu qonunga qarshi chiqdi va Respublikachilarni qarz qulligini qo‘llab - quvvatlashda ayblab, tanqid qildi. Millioner, federal xarajatlarni kamaytirish sharti bilan kampaniya yuritgan ammo bu qonunga ovoz bergan deputatlarga qarshi chiqish uchun yangi siyosiy partiya tashkil etishga qaror qildi.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, bu qonun AQShning 10 yillik byudjet defitsitiga yana 3,4 trillion dollar qo‘shadi.

Mask qonunni keskin tanqid qilganidan so‘ng, Tramp uni deport qilish va uning bizneslariga federal mablag‘larni to‘xtatish bilan tahdid qildi. Prezident, Janubiy Afrikada tug‘ilgan va 2002 - yildan beri AQSh fuqarosi bo‘lgan Maskni deportatsiya qilib - qilmaslik haqida so‘ralganida, “Biz buni ko‘rib chiqamiz", - deb javob berdi.

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us