Xitoyning markaziy telekanali CCTV xabariga ko‘ra Xitoy bilan Armaniston liderlari yakshanba kuni Xitoy shimolidagi Tyanszin port shahrida uchrashuv o‘tkazib, unda, strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatdi.
Xitoy Prezidenti Si Szinpin bilan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan yuqorida qayd etilgan uchrashuvda, shuningdek, Xitoy bilan Armaniston bir - birini qarorlilik bilan qo‘llab - quvvatlashi va barcha sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirishi kerakligini ta’kidlagan.
Pashinyan Si Szinpin yetakchiligida uyushtirilgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun hozirda Tyanszinda.
Armaniston Xitoyning Sharqiy Osiyodan Yevropa davlatlariga yetib borishni ko‘zlagan «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasidagi mamlakatlardan biridir.
Mazkur e’lon Osiyo va Yaqin Sharq davlatlari liderlari uchrashgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida qayd etildi.
Si Szinpin Pashinyanni Tyanszinda kutib olish orqali Xitoyning mintaqaviy ittifoqlarni shakllantirishda o‘sib borayotgan ta’siri va Global Janub bilan birdamlikka bo‘lgan kengroq majburiyatini yana bir bor namoyish etdi.