DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rossiya tufayli ko‘plab havo qatnovi ziyon ko‘rgani aytilmoqda
Boltiqbo‘yi havo hududidagi taxminan 123 ming qatnov, Rossiyaning navigatsiya signallarini buzishi tufayli ziyon ko‘rgan.
Rossiya tufayli ko‘plab havo qatnovi ziyon ko‘rgani aytilmoqda
7 сентябр 2025

Mintaqa hukumatlari tomonidan Harbiy boʻlmagan xalqaro aviatsiyasi tashkilotiga taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, 2025 - yilning dastlabki to‘rt oyida Boltiqbo‘yi havo hududidagi taxminan 123 ming qatnov Rossiyaning navigatsiya signallarini buzishi tufayli ziyon ko‘rgan.

Shvetsiyaning SVT teleradiokompaniyasi tomonidan aniqlangan ushbu holatlar, Yevropa ittifoqi va Moskva o‘rtasidagi keskinlik avj olgan sharoitida tijoriy aviatsiyasiga xavf tug‘diruvchi hodisalarning ko‘payishini ko‘rsatadi.

Shvetsiya rasmiylarining xabar berishicha, birgina aprel oyida mintaqadagi qatnovlarning o‘rtacha 27,4 foizida signal buzilishlari kuzatilgan va tergovchilar manba sifatida Rossiyani aniqlagan.

Shvetsiya transport agentligining Aviatsiya bo‘limi boshlig‘i Andreas Xolmgren SVTga bergan bayonotida: «Biz vaziyatni jiddiy baholaymiz, chunki aralashuv hodisalari ortib borayotganini ko‘rib turibmiz», - dedi

Past orbitali yangi sun'iy yoldoshlar mudofaani kuchaytiradi

O‘tgan oy Yevropa komissiyasi Raisi Ursula fon der Leyen bo‘lgan samolyotda Rossiyaga tegishli ekani taxmin qilingan signal buzuvchi tufayli GPS tizimi ishlamay qoldi va bu holat katta xavotirga yo‘l ochdi.

Uchuvchilar Bolgariyadagi Plovdiv aeroportiga qo‘nishdan oldin taxminan bir soat davomida osmonida aylanishga majbur bo‘lishdi va qo‘nishni qog‘oz xaritalardan foydalangan holda manuel ravishda amalga oshirishdi.

Ursula fon der Leyen, Bryussel va NATOning Rossiyadan kelish ehtimoli bo‘lgan tahdidlarga qarshi Yevropa sharqidagi Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarni oldingi chiziqdek hisoblagani uchun bu mamlakatlarga tashrif uyushtirayotgan edi.

Bolgariyalik rasmiylar, mazkur voqea ortida Moskva borligini ifoda etdi ammo qo‘shimcha tergov o‘tkazishdan bosh tortdi. Yevropa ittifoqi Mudofaa komissari Andrius Kubilius blok GPS signali muammosini aniqlash ishlarini yaxshilash va mudofaani kuchaytirish uchun yangi past orbitali sun’iy yo‘ldoshlarni joylashtirishini ma’lum qildi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us