DUNYO
2 daqiqa o'qish
Zelenskiy AQSh va Daniya bilan yangi xalqaro qurol - yaroq shartnomasi imzolaganini ma'lum qildi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Amerika Qovshma Shtatlari va Daniya bilan yangi xalqaro qurol - yaroq shartnomasi imzolaganini ma'lum qildi.
Zelenskiy AQSh va Daniya bilan yangi xalqaro qurol - yaroq shartnomasi imzolaganini ma'lum qildi
11 соат олдин

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, 5 - iyul kuni bergan bayonotida, xalqaro hamkorlar bilan birgalikda qurol – yaroq (uzoq masofaga uchuvchi raketalar va hujumning oldini oluvchi insonsiz havo transportlari doxil) ishlab chiqarish uchun yangi shartnomalar imzolaganini ma’lum qildi. Mazkur bayonot Rossiya hujumlari davom etayotgan bir paytda qayd etildi.

Zelenskiy mavzu haqida: «Rossiyaning o‘ldirishga bo‘lgan ishtahasini kamaytirish uchun birgalikda qurol ishlab chiqarish faoliyatimizni kengaytiryapmiz. Rejalashtirilgan qurol – yaroqlar orasida uzoq masofaga uchuvchi qurollar bilan xalqimizni himoya qilish uchun insonsiz havo tranpostlari o‘rin olgan», - dedi.

Zelenskiy shu hafta AQShda joylashgan Swift Beat MChJ xususiy kompaniya bilan yangi kelishuvga erishilganini e’lon qildi. Kompaniya AQSh hukumatidan mustaqil ravishda ishlaydi va uni Google kompaniyasining sobiq bosh direktori Erik Shmidt qo‘llab - quvvatlaydi. Zelenskiyning ofisiga ko‘ra, Swift Beat Ukrainada o‘z vakolatiga ega. Kompaniya avtonom va sun’iy intellekt tomonidan qo‘llab – quvvatlangan insonsiz havo tranportlari borasida ixtisoslashgan hamda ukrainalik muhandislar va harbiylar bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, kompaniya insonsiz havo tranportlari sinovlarini bevosita Ukraina hududida oʻtkazmoqda.

Zelenskiy avvalroq yangi hamkorlik har xil turdagi insonsiz havo tranporti va raketalarni ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirishga yordam berishini ifoda etgandi.

Ukraina shartnoma imzolagan yana bir kompaniya Daniya kompaniyasi bo‘lib, u ham birgalikda qurol ishlab chiqarish masalasi ustidandir.

Bu shartnoma haqida Zelenskiy: «Davlatimiz va xalqimizning yonida bo‘lgan, Ukrainaning harbiy - sanoat majmuasini qo‘llab - quvvatlayotgan va o‘zining mudofaa qobiliyatini mustahkamlayotgan barchaga minnatdormiz», — dedi.

Qurol – yaroq yetkazib berish ishlari

Bu bayonot, Ukrainaning Rossiya tomonidan 4 yildan beri davom etib kelayotgan urush paytida yana - da koʻproq qurol sotib olish va mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish saʼy - harakatlari jarayoniga to‘g‘ri keldi. Joriy yilning 1 - iyuli kuni, Rossiyaning keng ko‘lamli urush boshlatgan 2022 - yildan beri Ukrainaning eng yirik harbiy yordamchisi bo‘lib kelgan Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga ba’zi yirik qurol - yaroqlarni yetkazib berishni to‘xtatayotganini ma’lum qildi. Bu holat, Yevropadagi ittifoqchilarni bo‘shliqni to‘ldirish harakatlarni kuchaytirishiga yo‘l ochdi.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Key Starmer, 10 - iyul kuni Ukraina mudofaasini kuchaytirish maqsadida Yevropaning boshqa yetakchilari bilan onlayn tarzda uchrashuv o‘tkazadi. Uchrashuv haqida Yelisey saroyi tomonidan 4 - iyul kuni ma’lumot bo‘lishildi.

Xabar qilinishicha, muzokaralar Rossiyaning davom etayotgan hujumlari sharoitida Ukrainaning jangovar salohiyatini barqarorlashtirish masalasiga qaratiladi.

«Ukrainaning jangovar qobiliyatini qanday jiddiy saqlab qolish masalasi albatta muhokama qilinadi», — deyiladi bayonotda.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us