DUNYO
1 daqiqa o'qish
Ispaniyaning Balear orollari yaqinida qayiqdan sakragan 12 kishi bedarak yo‘qoldi
Joriy 2025 - yil boshidan 15 - avgustga qadar orollarga 4,323 nafar ko‘chmanchi kelgani va bu raqam o‘tgan yilgan nisbatan 77 foizlik ortish ko‘rsatkichi ekani aytilmoqda.
Ispaniyaning Balear orollari yaqinida qayiqdan sakragan 12 kishi bedarak yo‘qoldi
20 соат олдин

Ma’lum qilinishicha O‘rta yer dengizidan Ispaniyaning Balear orollari tomon yo‘l olgan qayiqdan sakragan 12 nafar yo‘lovchi bedarak yo‘qolgan.

Mahalliy hukumat tomonidan mavzu haqida shanba kuni berilgan xabarga ko‘ra, nomi tilga olingan qayiqdagi yana 14 nafar muhojir Kabrera orolidan 58 kilometr janubi - sharqda qutqarib olingan.

Bayonotda qayd etilishicha, qayiqdan sakragan va bedarak yo‘qolgan 12 nafar yo‘lovchi haqida qutqarilgan muhojirlar xabar bergan.

Shuningdek shimoliy afrikalik ekani aniqlangan va bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish ishlari Ispaniyaning harbiy bo‘lmagan muhofizlari va sohil xavfsizlik kuchlari tomonidan olib borilmoqda.

Ichki Ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra bu yil Shimoliy Afrikadan Balear orollariga migratsiya yoʻli koʻpaygan.

Joriy yilning 15 - avgust holatiga ko‘ra yil boshidan buyon orollarga 4323 nafar muhojir kelgan. Bu raqam, 2024 - yilning shu davrida kelgan 2443 nafar muhojirga nisbatan 77 foizga ko‘p demakdir.

Boshqa tomondan, G‘arbiy Afrika qirg‘oqlaridan uzoq nuqtadagi Atlantika okeanida o‘rin olgan Ispaniyaning Kanar orollariga bo‘lgan migratsiyada 46 foiz kamayish kuzatilmoqda.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us