DUNYO
2 daqiqa o'qish
Yamanda qayd etilgan sel falokati 8 kishi umriga zomin boʻldi
Og‘ir yog‘ingarchilik davom etgan Yamanda kutilmaganda qayd etilgan sel falokati 8 kishi umriga zomin bo‘ldi va ular orasida yosh bolalarning ham borligi aniqlandi.
Yamanda qayd etilgan sel falokati 8 kishi umriga zomin boʻldi
24 август 2025

Oxirgi 2 kun ichida Yamanning turli viloyatlarida qayd etilgan og‘ir yog‘ingrchilik yo‘l ochgan suv toshqinlari oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi va ular orasida yosh bolalar ham borligi aniqlandi.

Husiylar tomonidan boshqarilgan 26 September veb – saytining harbiy bo‘lmagan mudofaa manbalariga tayanib xabar berilishicha, shimoli - g‘arbiy viloyatdagi Hajja viloyatining Ku’aydinah tumanidagi al - Hadra qishlog‘ida bir uyning qulashi oqibatida 3 nafar yosh bola halok bo‘lgan. Ularning ota – onasi esa tan jarohati olgan.

Husiylar tomonidan boshqarilgan Ichki Ishlar vazirligiga qarashli Xavfsizlik Media markazi tomonidan kecha, shanba kuni kechqurun berilgan bayonotda, Hajja viloyatining Abs tumanida o‘z uy – joyidan ko‘chirilgan insonlarga oid o‘nlab chodir va boshpanalar sel suvlarida oqib ketgani ifoda etildi.  

Janubi - sharqiy hududdagi neftga boy Shabva viloyatida esa mahalliy aholi juma kuni kechqurun Usaylan tumanida ota va o‘g‘ilning suvga cho‘kib ketganini xabar qildi.

Aholining daryo tublaridan uzoq turishi talab qilindi.  

Bu o‘limlar Shabva va qo‘shni Hadramut viloyatlarida yuz bergan voqealarda ikki nafar yosh bola bilan bir o‘spirimning cho‘kib ketishidan bir necha soat o‘tib sodir bo‘ldi. Bu ikki viloyatda 48 soat ichida 5 kishining cho‘kib ketgani aniqlandi.

Seshanba kuni Yaman janubidagi port shaharlardan Adenda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik sel falokatiga yo‘l ochar ekan unda bir necha kishi tan jarohati oldi. Aden port shahri moddiy jihatdan ham ziyon ko‘rdi.

Bir necha viloyat rasmiylari davom etayotgan kuchli yomg‘ir va toshqin xavfi ortib borayotgani haqida ogohlantirib, insonlarni daryo tublari va to‘g‘onlardan uzoqroq turishga chaqirdi.

Xalqaro hamjamiyat tan olgan hukumat kuchlari bilan husiylar orasida o‘n yildan ortiq vaqtdan beri davom etgan to‘qnashuvlar yuzasidan jiddiy ziyon ko‘rgan Yaman infratuzilmasi mavsumiy suv toshqinlaridan katta ziyon ko‘rmoqda. Xalq, asosiy xizmatlar kamchiligidan shikoyat qilmoqdalar.

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us