Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan 15 - iyul Demokratiya va milliy birlik kuni munosabati bilan ijtimoiy tarmoqda bir post qoldirdi. Hakan Fidan unda:
«Xorijiy razvedka xizmatlari kun tartibini kuzatish orqali Turkiyani tiz choʻktirishni orzu qilgan xiyonatkor tarmoqlar hisobga olmagan narsa; xalqimizning erkinlik va adolatga bo‘lgan sadoqati, davlatimizning qudratidir», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Hakan Fidan shuningdek:
«Hurmatli prezidentimizning farosatlari va oliyjanob xalqimizning irodasi 15 – iyul kuni kechasi FETO terror tashkilotining mamlakatni bosib olishiga yo‘l qo‘ymadi. Xalqimiz o‘zining qat’iy qarorini namoyon etib, hech qanday tahdidga bosh egmasligini yana bir bor namoyon etdi.
FETO terror tashkilotining xiyonatkor kun tartibini fosh etgan davlatimiz; bu terror tashkilotini yashiringan har qanday burchakdan kuzatmoqda, aybdorlar adolat oldida javob berishi uchun dunyoning to‘rt burchagida qarorlilik bilan chora ko‘rmoqda.
FETOga qarshi kurashda ikkilanmagan qahramonlarga, 15 - iyul kuni va undan oldin vatan uchun o‘z jonini fido qilgan shahidlarimizga Allohdan rahmat tilab, fidoyi faxriylarimizga minnatdorchilik bildiraman.
Shu munosabat bilan yana bir bor eslatib o‘tmoqchimanki, Turkiyaga ziyon yetkazishga uringan har qanday tashabbus, o‘tmishda bo‘lganidek kelajakda ham muvaffaqiyatsizlikka mahkumdir.
Shunday ekan, 15 - iyul Demokratiya va milliy birlik kuni muborak bo‘lsin!» - deyildi.