Polsha Qurolli kuchlarining Operativ qoʻmondonligi bugun ertalab Rossiyaning Polsha chegarasi yaqinidagi Ukraina gʻarbini nishonga olgan havo hujumlarining boshlashi ortidan Polsha havo hududini himoya qilish niyatida Polsha va ittifoqdosh harbiy samolyotlar ishga tushirilganini maʼlum qildi.
Operativ qoʻmondonlik «X» ijtimoiy tarmoq orqali mavzu haqida bergan bayonotida: «Polsha va ittifoqdosh samolyotlar havo hududimizda faoliyat yuritar ekan quruqlikdagi havo mudofaasi va radar razvedka tizimlari eng yuqori darajada tayyor holatga keltirildi», - deyildi.
Ukraina Harbiy - havo kuchlarining Rossiya raketalari va insonsiz havo transportlari tomonidan amalga oshirilgan hujumlari haqidagi ma’lumotlari ortidan, bugun ertalab soat 3:30 dan e’tiboran deyarli butun Ukraina havo hujumi ustidan ogohlantirildi.