IQTISODIYOT
2 daqiqa o'qish
Prezident Erdo‘g‘an Togg avtomobilining yangi modelini sinab ko‘rdi
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha, Istanbulda, Togg avtomobilining yangi T10F modelini sinab ko‘rdi.
Prezident Erdo‘g‘an Togg avtomobilining yangi modelini sinab ko‘rdi
14 соат олдин

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an shanba kuni Istanbulda, Turkiyaning ilk milliy avtomobil ishlab chiqaruvchi Togg firmasining yangi T10F modelini sinab ko‘rdi va bu Turkiyaning global elektr transport vositasi sanoatidagi o‘rni qay darajada o‘sganidan dalolat beradi.

Prezident Erdo‘g‘anga Turkiya Savdo - sanoat palatalari va birjalari uyushmasi (TOBB) rahbari Rifat Hisarjiklio‘g‘lu, Anadolu Group raisi Tunjay O‘zilhan, Zorlu Holding raisi Ahmet Nazif Zo‘rlu, Turkcell raisi Shenol Kazanji va Tosyali Holding raisi Fuat To‘syali hamrohlik qildi.

Muvaffaqiyat hikoyasi

Buyuk Britaniyada joylashgan New AutoMotive tadqiqot guruhi ma’lumotlariga kora, Turkiya o‘tgan 2024 - yili dunyoning sakkizinchi yirik elektr avtomobil bozoriga aylandi. Bu natijaga mahalliy ishlab chiqarishning oshishi, kengayib borayotgan quvvatlash tarmogi va davlat tomonidan qollab - quvvatlanadigan imtiyozlar sabab boldi.

O‘tgan yili Turkiyada 123,982 dona elektr avtomobil sotilgan. Faqatgina 2025 - yilning aprel oyida mamlakat Norvegiya bilan Italiyani ham ortda qoldirgan ravishda global miqyosda yettinchi o‘rinni egalladi va 11,173 dona avtomobil sotdi. Bu orqali O‘rta yer dengizi mamlakatlari orasida yetakchi bozorga aylandi. 2024 - yil dekabr oyida esa Turkiya o‘zining eng yuqori oylik elektr avtomobil savdosini qayd etdi. Mamlakatda ushbu oyda 17,894 dona avtomobil sotilib, bu orqali dunyo bo‘yicha oltinchi o‘rinni egalladi.

New AutoMotive Turkiyaning mazkur osishini “muvaffaqiyat hikoyasi” sifatida ta’rifladi va batareya - elektr avtomobillari (BEV) bozor ulushi sakkiz oy davomida 10 foizdan oshganini qayd etdi.

Turkiyaning elektr avtomobillarni tez qabul qilishi, uning yashil transformatsiya kun tartibining asosiy sababi sifatida korilmoqda. Togg esa mamlakatning avtomobilsozlik kelajagini shakllantirishda markaziy rol oynamoqda.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us