Qutqaruvchilar seshanba kuni Afgʻonistonning sharqiy hududlarida yuz bergan va 900 nafar inson umriga zomin boʻlgan yer silkinishi oqibatida vayron bo‘lgan uylar ostida qolib ketganlarni qidirib topish ishlarini davom ettirdi.
Yakshanba kuni Pokiston chegarasiga yaqin tog‘li hududlardagi uzoq turar - joy punktlarida qayd etilgan 6.0 magnitudali yer silkinishi ortidan kamida 5 ta aftershok kuzatildi.
Kunar viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari Ehsanulloh Ehsanning so‘zlariga ko‘ra, amaliyotlar tuni bo‘yi davom etgan. Uzoq qishloqlarda haligacha shifoxonaga yotqizilishi kerak bo‘lgan yaradorlar ham bor.
Qishloq aholisi qutqaruv ishlariga qo‘shilib, tikka vodiylarda loy va toshlardan qurilgan oddiy uylarning vayronalarini qo‘llari bilan tozalashga harakat qildi.
Yigirma olti yoshidagi Ubaydulloh Stoman, do‘stlaridan birini topish uchun Vadir qishlog‘iga borganida, vayronagarchilikning darajasidan hayratda qoldi. Stoman mavzu haqida: «Men bu yerda qidiryapman lekin topa olmadim. Bu yerdagi sharoitlarni ko‘rish men uchun juda og‘ir bo‘ldi. Faqatgina yiqilgan uylarning qoldiqlari bor», - dedi.
Halok bo‘lganlar, jumladan bolalar, qishloq aholisi tomonidan oq kafanlarga o‘ralib, duolar bilan tuproqqa berildi.
Favqulodda yordam
Birlashgan Millatlar tashkilotining Migratsiya agentligi eng ko‘p ziyon ko‘rgan qishloqlarning yo‘llari to‘silib qolganligi bois, nomi tilga olingan hududlarga yetib borish imkonsiz ekanini qayd etdi.
Yer silkinishining epitsentri Amerika Qo‘shma Shtatlari Geologik xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra Jaloloboddan taxminan 27 kilometr (17 mil) uzoqlikda edi. Geologik xizmati, yer silkinishi yer yuzining 8 kilometr chuqurligida, sayoz joyda qayd etilganini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Afg‘oniston, usiz ham 10 yillab davom etgan to‘qnashuvlar ortidan dunyodagi eng kambag‘al davlatlardan biridir. Bunga qo‘shicmha sifatida anchadan beri davom etgan insoniy inqiroz bilan oxirgi yillarda Pokiston va Eron tomonidan majburan yuborilgan millionlab afg‘onning qaytishiga guvoh bo‘lmoqda.
AQShning 2021 - yili mamlakatdan chiqib ketishi ortidan Afg‘onistonga kiritilgan xorijiy yordam keskin kamaydi va bu holat kambag‘al davlatning falokatlarga javob berish qobiliyatini yana - da zaiflashtirdi.
BMT Bosh kotibi Antonio Guterres dushanba kuni mavzu haqida bergan bayonotida zaruratlarni tezkor baholash, favqulodda yordam ko‘rsatish va qo‘shimcha yordamni safarbar qilishga tayyor turish uchun mahalliy hokimiyatlar bilan ishlashini ma’lum qildi va ilk bosqichda 5 million dollarlik yordam ajratib berilishini bildirdi.
Qo‘rquv va taranglik
Dushanba kuni vaqtinchalik hukumat vakillari Kunar, Nangarhor va Laghmon viloyatlarida yer silkinishi yuzasidan kamida 900 kishi halok bo‘lgani va 3000 kishi tan jarohati olganini ma’lum qildi.
Afg‘onistonliklarning ko‘pchiligining cho‘kish xavfi yuqori, bir qavatli loydan yasalgan uylarda yashashi nazarda tutilganida sayoz yer silkinishlari ko‘proq ziyonga yo‘l ochmoqda.
Voqeadan ziyon ko‘rgan qishloqlarda to‘rt million nafardan ortiq afg‘onistonlik aholi yashayotgan edi. Ularning ko‘pchiligi so‘nggi yillarda Eron va Pokistondan qaytganlar desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Nurgal qishlog‘idagi qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi Ijaz Ulhaq Yaad dushanba kuni mavzu haqida bergan bayonotida: «Bu yerda katta qo‘rquv va taranglik bor... Bolalar va ayollar qichqirishdi. Biz hech qachon bunday voqeaga duch kelmagandik», - dedi.
Afg‘onistonda ayniqsa Yevrosiyo va Hindiston tektonik plitalari tutashgan nuqtaga yaqin bo‘lgan Hindikush tog‘i tizmasida yer silkinishlari sodir bo‘lmoqda.
G‘arbdagi Hirot viloyati, 2023 - yilning oktabr oyida qayd etilgan 6.3 magnitudali yer silkinishi oqibatida yer bilan yakson bo‘ldi. Unda 1500 nafardan ortiq inson halok bo‘lar ekan, 63,000 dan ortiq uy yiqildi yoki ziyon ko‘rdi.
Bundan 3 yil muqaddam ya’ni 2022 - yilning iyun oyida sharqdagi Paktika viloyatida 5.9 magnitudali yer silkinishi qayd etilib, unda, 1000 nafardan ortiq inson halok bo‘ldi va o‘n minglab inson boshpanasiz qoldi.