DUNYO
2 daqiqa o'qish
Suriya Latakiyadagi yong‘inni nazorat ostiga oldi
Suriya hukumati 7 kun davom etgan Latakiyadagi eng yirik o‘rmon yong‘inini nazorat ostiga oldi.
Suriya Latakiyadagi yong‘inni nazorat ostiga oldi
2 соат олдин

Seshanba kuni suriyalik rasmiylar Latakiyadagi eng yirik o‘rmon yong‘ini nazorat ostiga olinganini ma’lum qildi. Mintaqada oxirgi yillardagi eng og‘ir yong‘inlardan biriga qarshi kurash davom etmoqda. Bu haqida Latakiya gubernatori Muhammad O‘smon ma’lum qildi.

O‘smon «Anado‘lu» (Andolu) agentligiga bergan bayonotida harbiy bo‘lmagan xodimlar bilan qo‘shni davlatlardan kelgan 80 nafardan ortiq o‘t o‘chiruvchi guruh voqea yuz bergan joyda ish olib borayotganini ifoda etdi. Shuningdek u yong‘inni o‘chirishda Turkiya, Iordaniya va Livan samolyotlari ham ishtirok etayotganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Latakiya gubernatori shuningdek: «Afsuski, 14 ming gektardan ortiq maydon yonib kulga aylandi. Eng yomoni, sobiq rejimdan qolgan minalar yong‘inni o‘chirishga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda», — dedi.

Yong‘in nazorat ostiga olingan Zanzouf, al - Kantara, Malikli va Qastal Maaf qishloqlaridan tasvirga olingan manzaralar voqeaning qay darajada jiddiy ekanidan dalolat bermoqda.

O‘t o‘chiruvchilar hali ham jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.

Ba’zi yutuqlarga qaramay, vaziyat keskinligicha qolmoqda. O‘t o‘chiruvchilar esa yetti kundan beri yong‘inlarni o‘chirish va ularning atrof - muhitga tarqalishining oldini olishga urinmoqda.

«Yong‘in haligacha Shayx Hasan qishlog‘i atrofida davom etmoqda. Olovning boshqa tog‘li hududlarga tarqalishining oldini olish uchun biz o‘t o‘chirish mashinalari bilan o‘z o‘chiruvchi guruhlarni oldinga siljitdik», - dedi shahar gubernator.

Vertolyotlar Ballouran ko‘lidan suv olib, Shayx Hasan qishlog‘i va uning atrofidagi tog‘li hududlarga sochish orqali yong‘inni o‘chirishga yordam bermoqda.

Qurbonlar bor yoki yo‘qligi haqida hali hanuz hech qanday ma’lumot berilmadi ammo o‘nlab oila yong‘in xavfi ostida qolgan hududlardan evakuatsiya qilindi.

Latakiyaning qishloq joylaridagi hududlar yoz oylarida yuqori harorat, zich o‘rmonlar va kuchli shamol tufayli tez - tez o‘rmon yong‘inlariga duchor bo‘lmoqda. Bu esa, yong‘inni nazorat qilish harakatlarini murakkablashtiradi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us