Suriyaning rasmiy axborot agentligi SANA bilan Ozarbayjonning rasmiy axborot agentligi AZERTACning ma’lum qilishicha Suriya Prezidenti Ahmed Shara, o‘z vazifasini boshlagan joriy yilning boshidan beri ilk bor kecha rasmiy tashrif bilan Ozarbayjon poytaxti Bokuga borgan.
Ikkala axborot agentligi ham tashrif muddati yoki kun tartibiga olib chiqilgan masalalar haqida hech qanday ma’lumot bermadi ammo bu tashrif Shara, o‘z vazifasini boshlagan 29 - yanvardan beri amalga oshirib kelayotgan diplomatik tashriflardan biri sifatida e’tiborlarni o‘ziga jalb etmoqda.
Ahmed Shara prezidentlik vazifasini boshlaganidan beri Turkiya, Fransiya, Misr, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari va Quvaytda bo‘lib qaytdi.
Joriy yilning yanvar oyida Bashar al - Asad rejimining qulashi bilan Suriyada Shara liderligida bir o‘tish davri ma’muriyati qurilgan edi. Suriyani qariyb 25 yil boshqargan Asad, o‘tgan yilning dekabr oyida Rossiyaga qochish orqali Baas partiyasining 1963 - yili boshlagan va o‘nlab yil davom etgan iqtidori faoliyatini to‘xtatdi.