DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rossiya Donetskdagi «Karl Marx» qishlog‘ini o‘z nazoratiga olganini ma’lum qildi
Rossiya Mudofaa vazirligi, Ukraina sharqidagi Donetsk viloyatida joylashgan Nikolayevka qishlog‘ini ham o‘z nazoratiga olgani haqida ma'lumot bo‘lishgandi.
Rossiya Donetskdagi «Karl Marx» qishlog‘ini o‘z nazoratiga olganini ma’lum qildi
9 соат олдин

Rossiya Ukrainaning Donetsk viloyatining g‘arbida joylashgan yana bir qishloqni ham egallab olganini ma’lum qildi. Rus harbiylarining bu siljishlari, qo‘shni Dnipropetrovsk viloyati tomon davom etmoqda.

Rossiya - Ukraina urushi 3 yildan ortiq vaqtdan beri to‘xtamadi va bu yilgi yoz mavsumida hujumlar avj oldi. AQSh boshchiligidagi muzokaralar esa haligacha natija bermadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi yakshanba kuni bergan bayonotida, rus armiyasi Mirn qishlog‘ini egallab olgani va mazkur qishloq Sovet ittifoqi davrida «Karl Marks» deb nomlanishini bildirdi.

Bu qishloq Donetsk va Dnipropetrovsk viloyatlari o‘rtasidagi ma’muriy chegaraga yaqin joylashgan. Vazirlik, qishloqni olish uchun dushman mudofaasiga chuqur kirib borganini iddao etdi.

Moskva yakshanba kuni shu qishloq bilan birgalikda ikkita qishloq nazoratini o‘z qo‘liga olganini e’lon qildi.

Bundan oldin, Rossiya Mudofaa vazirligi Donetsk sharqidagi Nikolayevka qishlog‘ini ham nazoratiga olgani haqida ma’lumot bo‘lishgandi.

Rus suiqasdchilar

Boshqa jihatdan Ukrainaning xavfsizlik xizmati (SBU) o‘tgan hafta Kiyevda SBU polkovnigi Ivan Voronichning o‘ldirilishidan gumon qilingan rus maxfiy xizmati agentlarini qo‘lga tushirish uchun maxsus amaliyot uyushtirilgani, oqibatida Kiyev hududida to‘qnashuv kelib chiqqani va unda ayrim rus agentlari o‘ldirilganini ma’lum qildi.

SBU tomonidan Telegram orqali berilgan bayonotda, jinoyat ortida Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati (FXX) agentlari borligi qayd etilar ekan, gumon qilinganlarni yakshanba kuni nazorat ostiga olishga uringanliklarini bildirdi.

Bayonotda, Voronichning o‘ldirishda bir erkak kishi bilan bir ayol kishi gumon qilingani ifoda etildi.

Ammo, yakshanba kuni yuz bergan voqeada nechchi nafar FXX agentlari o‘ldirilgani haqida hech qanday ma’lumot berilmadi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us