Suriya haqida kecha, yakshanba kuni berilgan bayonotda, bir necha kundan beri Latakiya va Xama qishloqlarida davom etgan o‘rmon yong‘inlari o‘chirilgani ma’lum qilindi.
Haddan tashqari issiq havo tufayli seshanba kuni mamlakat sharqidagi Latakiya va markazda joylashgan Xama qishloqlarida yong‘inlar kelib chiqqandi.
Suriya Ichki ishlar vaziri Raid Solih, markazi AQShda joylashgan «X» ijtimoiy tarmoq orqali mavzu haqida bergan bayonotida, yong‘inlar to‘liq nazorat ostiga olingani va harbiy boʻlmagan mudofaa guruhi tomonidan mintaqada sovutish ishlari olib borilayotgani qayd etdi.
Solih, yongʻinlar takror boshlamasligi uchun mintaqalar yaqindan kuzatilayotganini oʻz soʻziga ilova etib, «Yurtdoshlarning xavfsizligi va oʻrmonlarning himoya qilinishi har doim ustivor vazifamiz boʻlib qolaveradi», - dedi.
Bu yil yoz mavsumida Suriya viloyatlarida haddan tashqari issiqlik, qurg‘oqchilik, zich o‘rmon qoplami va kuchli shamol tufayli tez - tez o‘rmon yong‘inlari qayd etildi.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra joriy yilning iyul oyida Latakiyaning togʻli hududlarida kelib chiqqan va 12 kun davom etgan oʻrmon yongʻinlari 16 ming gektardan ortiq oʻrmon va qishloq xoʻjaligi yerlarini vayron qilgan. Roppa - rosa 45 ta qishloq ziyon kovrgan va 1200 ga yaqin oila evakuatsiya qilingan.