DUNYO
1 daqiqa o'qish
Pokistondagi musson yomg‘irlari tufayli qurbonlar soni ortmoqda
Oxirgi yillarda iqlim inqirozi yuzasidan musson yomg‘irlarining qachon va qay darajada yog‘ishini taxmin qilish imkonsiz holga aylandi.
Pokistondagi musson yomg‘irlari tufayli qurbonlar soni ortmoqda
4 август 2025

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Pokistonda davom etayotgan musson mavsumidagi yomg‘irlar bilan bog‘liq hodisalarda jami 299 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Ulardan kamida 140 nafari yosh bola ekani ifoda etildi.

Milliy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining mavzu haqida yakshanba kuni bergan bayonotiga ko‘ra, 26 - iyundan boshlab qayd etilgan og‘ir yog‘ingarchilik kutilmaganda kuchli suv toshqinlari va ko‘chkilarga yo‘l ochdi. Oqibatida 700 dan ortiq inson tan jarohati oldi.

Halok bo‘lganlarning deyarli yarmi sharqdagi Panjob viloyati, keyin esa shimoli - g‘arbiy Xaybar Paxtunxva viloyatida qayd etildi.

Roppa - rosa 715 nafar yaradorning 239 nafari yosh bola, 204 nafari ayol kishi va 272 nafari erkak kishi ekani aniqlandi.

Meteorologiya xizmati dushanba kunidan boshlab Panjob, Xaybar Paxtunxva va Pokiston boshqaruvidagi Kashmirda yana yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu holat, qutqaruv xizmatlarini har ehtimolga qarshi favqulodda vaziyatlarga tayyor turishga undagan.

Musson yomg‘irlari Janubiy Osiyo, jumladan Pokistonda ko‘pincha vayronagarchiliklarga olib kelmoqda ammo so‘nggi yillarda iqlim inqirozi tufayli ularni oldindan taxmin qilish imkonsiz holga aylandi. Eng yomoni uning shiddati ortdi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us