AQSh Kongressining Vakillar palatasi iyun oyida Xalqaro Jinoyat Sudi (ICC) bosh prokurorining Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olishga order berish haqidagi so‘roviga javoban Xalqaro Jinoyat Sudiga (ICC) sanksiya qo‘llashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi.
Xalqaro Jinoyat Sudi (ICC) rahbarining aytishicha, AQSh sanksiyalari va Rossiyaning sud xodimlarini hibsga olish orderlari kabi tahdidlar muassasa faoliyatini jiddiy xavf ostiga qo'yadi.
Sudning 124 a'zosi ishtirokidagi yillik anjumanda so'zga chiqqan sudya Tomoko Akane to'g'ridan-to'g'ri Rossiya yoki AQSh nomini tilga olmadi, biroq ularni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zolari deb ta'rifladi.
"Har qanday me'yorga ko'ra, bu yig'ilishning juda muhim vaqtda bo'layotgani aniq", - dedi ICC prokurori Karim Xon tadbirda so'zlagan nutqida.
"Biz misli ko'rilmagan muammolarga duch kelmoqdamiz. O'ylaymanki, fuqarolik jamiyati, qurbonlar, omon qolganlar va umuman insoniyat misli ko'rilmagan umidlarga ega",-deydi u.
Gaaga sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berganidan ikki oy o‘tib, Rossiya ICC bosh prokurori Karim Xonni hibsga olishga order berdi.
Iyun oyida AQSh Kongressi Vakillar palatasi Bosh prokuror Karim Xonning Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olish uchun order berish haqidagi iltimosiga javoban sudga sanksiya qo‘llashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi.
AQSh va uning Xalqaro Jinoyat Sudi bilan munosabatlari
"Og'ir sanksiyalar"
"Sud qonuniyligi, adolatni amalga oshirish qobiliyati va xalqaro huquqni ta’minlash qobiliyatini buzishga qaratilgan hujumlarga duchor bo'ldi, tahdidlar, bosimlar va sabotaj harakatlariga duch keldi",- dedi Akane. U shuningdek, sud xodimlarini hibsga olish uchun order chiqarilganini qo'shimcha qildi.
ICC shuningdek, "Xavfsizlik Kengashining boshqa doimiy a'zosi, xuddi terrorchi tashkilotdek, qattiq iqtisodiy sanksiyalar bilan tahdid qilinmoqda. Bunday chora-tadbirlar sudning barcha holatlar va sud muhokamalarida tezkor faoliyatiga putur yetkazadi va uning faoliyatiga jiddiy xavf tug'diradi", dedi.
Qo'shma Shtatlar xalqaro sudga a'zo bo'lmasa-da, dunyodagi eng yirik harbiy va iqtisodiy kuch sifatida, diplomatik va siyosiy vositalar hamda xodimlarga qarshi moliyaviy sanktsiyalar qo’llash orqali Xalqaro Jinoyat Sudini (ICC) zaiflashtirishi mumkin.
“Sud uning mustaqilligi va xolisligiga ta'sir ko'rsatishga qaratilgan har qanday urinishlarni qat'iyan rad etadi. Biz vazifamizni siyosiylashtirishga urinishlarni qat'iyan rad etamiz. Barcha hollarda biz faqat qonun doirasida ishlaganmiz zarur”, deyiladi bayonotda.
Sud a'zo davlatlarning o'zlari urush jinoyatlarini, insoniyatga qarshi jinoyatlar, genotsid va tajovuz jinoyatlarini tergov qilishni xohlamagan yoki qila olmagan holatlarda bu jinoyatlarni tekshirish uchun 2002 yilda tashkil etildi.
Sud a'zo davlatlar fuqarolari yoki a'zo davlatlar hududida boshqa shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ustidan tergov yuritadi. Sudning 2024 yilgi byudjeti taxminan 197 million dollarni tashkil etdi.