SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Tolibon: Afg‘oniston tuproqlari qo‘shni davlatlarga qarshi ishlatilmaydi
Amirxon Muttakiy Xitoy bilan bo‘lgan munosabatlar mustahkam tus olganini ifoda etgan holda Kobul uchun Xitoy «yaxshi savdo sherigi» ekanini qayd etdi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollarga yetdi.
Tolibon: Afg‘oniston tuproqlari qo‘shni davlatlarga qarshi ishlatilmaydi
21 август 2025

Afg‘oniston Tashqi Ishlar vaziri Amirxon Muttakiy chorshanba kuni xitoylik hamkasbi Van I bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mamlakat hududidan hech qachon qo‘shnilariga qarshi foydalanilmasligini ta’kidladi. Uchrashuv, Van I – ning 2022 - yilning mart oyidan beri Kobulga uyushtirgan ikkinchi tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Afg‘oniston Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Xitoy, Afg‘oniston va Pokiston Tashqi Ishlar vazirlari o‘rtasida uyushtirilgan uch tomonli uchrashuv oldidan Vang I bilan Amirxon Muttakiy o‘zaro uchrashdi. Unda, Xitoy va Afg‘oniston o‘rtasidagi hamkorlik turli jihatdan qo‘lga olinar ekan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha «amaliy takliflar» qayd etilgan.

Bayonotda ayniqsa transport, bank ishi va savdo balansini saqlash kabi sohalarda Afg‘oniston bilan Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish ustidan berilgan takliflar muhokama qilingan. Van I, Kobul bilan munosabatlar mustahkam tus olgani va turli sohalardagi hamkorlikning kengayishi esa alohida o‘ringa ega ekanini taʼkidladi.

Vang ikkala davlatning ham tegishli idoralari Afg‘onistonning Xitoyga bo‘lgan eksportini oshirish ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan holda Pekinning «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusini qo‘llab - quvvatlashga tayyorligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Pekinning eng muhim loyihasi hisoblangan Xitoy - Pokiston iqtisodiy koridorini Afg‘onistonga kengaytirish ustida ishlayotgani hammaga ma’lum.

Kobul esa Xitoy, Pokiston va Afg‘oniston nomidan oliy darajali diplomatlar ishtirok etgan birinchi ko‘p tomonlama diplomatik tadbirga mezbonlik qilmoqda.

Afg‘onistonning muvaqqat ma’muriyati 2021 - yilning avgust oyida Tolibon hokimiyatga qaytganidan beri faqatgina Rossiya tomonidan rasman tan olindi.

Pokiston nomidan esa Tashqi Ishlar vaziri Ishoq Dar ishtirok etadi.

Kobul Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hafiz Ziyo Ahmad «X» ijtimoiy tarmoq platformasi orqali, uch tomonlama uyushtirilgan uchrashuvda siyosiy, mintaqaviy va iqtisodiy hamkorlik kabi qator diplomatik masalalar boʻyicha keng ko‘lamli muhokamalar olib borilishini qayd etdi.

Xitoy, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi so‘nggi uch tomonlama uchrashuv joriy yilning may oyida Xitoyda bo‘lib o‘tgandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us