DUNYO
2 daqiqa o'qish
Yevropadagi issiq havo yuzasidan 2 ming 300 kishi halok bo‘ldi
Yevropada erta yoz oylaridagi iqlim inqirozi bilan bogliq o‘rtaga chiqqan o‘limlar sonida uch barobarga ortish kuzatildi.
Yevropadagi issiq havo yuzasidan 2 ming 300 kishi halok bo‘ldi
9 июл 2025

Otgan haftadan beri Yevropani qamrab olgan kuchli issiq havo tolqini taxminan 2 ming 300 kishi umriga zomin boldi. Bu haqda chorshanba kuni chop etilgan tadqiqotda ma’lum qilindi.

Imperial College London va London Gigiyena - tropik tibbiyot maktabi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotga kora issiq havo yuzasidan jon bergani taxmin qilingan 2 ming 300 kishidan 1 ming 500 nafari (65 foizi) iqlim inqirozi bilan bogliqdir. Ushbu inqiroz qit’a bo’ylab yanada kuchli issiqlik tolqinlariga yo‘l ochdi.

Tadqiqotda iqlim inqirozi Yevropada erta yoz mavsumi boshida paydo bo‘lgan issiqlik bilan bogliq olimlarni uch barobarga oshganini ta’kidladi.

Olimlar joriy yilning 23 - iyunidan 2 - iyuligacha bolgan 10 kunlik issiqlik ustidan London, Parij, Frankfurt, Budapesht, Zagreb (Xorvatiya), Afina, Rim, Milan, Sassari (Italiya), Barselona, Madrid va Lissabon kabi 12 ta Yevropa shahrini ko‘rib chiqdi.

Natijada: “Ushbu tahlil va boshqa koplab tadqiqotlarning natijalari nihoyatda aniq: Yevropada havo harorati iqlim inqirozi yuzasidan jadal tusda ortmoqda”, - deyildi.

Shuningdek, yuqorida nomi tilga olingan shaharlarda havo haroratning 4°C gacha kotarilgani ta’kidlandi.

Rekord darajadagi havo harorati

Tadqiqotda havo harorati ortishni davom etishi va o‘lim nisbatlarining ham o‘sishi mumkinligi ustidan ogohlantirildi.

Yevropa ittifoqining Copernicus Iqlim ozgarishi xizmati ham chorshanba kuni ozining oylik iqlim byulletenida, 2025 - yilning iyun oyini, global miqyosda tarixdagi eng issiq uchinchi iyun oyi bolganini ma’lum qildi.

Yevropa Orta muddatli ob - havo taxminlari markazining iqlim boyicha strategik rahbari bo‘lgan Samanta Bergess: “2025 - yilning iyun oyida Garbiy Yevropaning yirik qismida noodatiy ravishda issiq havo kuzatildi. Mintaqaning yirik qismi issiq havo yuzasidan ruhiy - stresga tushdi. Bu issiq havo harorati Garbiy Orta yer dengizidagi rekord darajadagi dengiz sathi harorati tufayli yanada kuchaydi”, - dedi.

Burgess havo harorati ortishi va natijada Yevropada yana - da ko‘proq insonga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us