Nigeriyaning shimoli - g‘arbida joylashgan Sokoto viloyatida bir qayiqning ag‘darilib ketishi natijasida kamida 22 kishi halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Bu haqida, mamlakatning favqulodda vaziyatlar agentligi ma’lumot bo‘lishdi.
Nomi tilga olingan agentlik Channelsga bergan bayonotida: «Qidiruv - qutqaruv ishlari to‘xtatildi, chunki 24 soatdan keyin omon qolganlarni topish ehtimoli yo‘q», - degan ifodalarga o‘rin berildi.
Favqulodda vaziyatlar milliy boshqarmasi (NEMA)ning Sokoto amaliyotlar rahbari Aliyu Kafindangi, haligacha 22 kishi bedarak ekani ammo qutqaruv ishlari yakunlanganini ma’lum qildi.
Hodisa sodir bo‘lganidan ko‘p o‘tmay favqulodda xizmat xodimlari tomonidan 25 kishi qutqarilgan, 3 kishining jasadi esa seshanba kuni topilgan.
Qayiq haftaning yakshanba kuni shimoli - g‘arbdagi Sokoto viloyatidagi mahalliy bozorlardan biriga yo‘l olgan va taxminan 50 nafar dehqon bilan savdogarni olib ketayotgandi ammo qayiq daryo o‘rtasida ag‘darilib ketgan.
Nigeriyada suv yo‘llarining yetarlicha tartibga solinmagani, ayniqsa yog‘ingarchilik qayd etilgan mavsumlarda daryolar bilan ko‘llar toshganida, qayiqqa ortiqcha yuklanish va texnik xizmat ko‘rsatishning zaifligi tufayli qayiq halokatlari tez - tez uchrab turadi.
Masalan, o‘tgan 2024 - yilning avgust oyida ham shunga o‘xshash hodisa yuz bergan. Unda, Sokoto viloyatida guruch bozoriga ketayotgan dehqonlarni tashigan va yog‘oqchdan yasalgan qayiq ag‘darilib ketgan va oqibatida kamida 16 kishi jon bergan